So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

Qashqadaryo viloyatida 14 yoshli qiz to‘rt nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Qashqadaryo viloyatida 14 yoshli qiz to‘rt nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 14 yoshli qiz guruh bo‘lib zo‘rlanganligi ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea 7-iyun kuni sodir bo‘lgan: 20-23 yoshlar atrofidagi to‘rt nafar fuqaro voyaga yetmagan qizni dalaga olib chiqib, unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishlatgan. Hozirda barcha gumonlanuvchilar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” banti (O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni zo‘rlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Vaziyat Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olindi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan jabrlanuvchiga psixologik, uning onasiga esa huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda va sud ekspertizasi xulosasi kutilmoqda.