Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixonaJamiyatOlmaota — Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPrezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdiJamiyatToshkent oliygohlarida darslar soat 08:00 dan boshlanadiJamiyatMuzlik daryoga ko‘chdi: Nepal va Tibetda yuzlab odamlar sel oqimi ostida qoldiDunyoO‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildiJamiyatoshkentda Zeekr 001 elektromobili yonib ketdiJamiyatEnergetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdiJamiyatO‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlari ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyat

Prezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

Prezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdi

O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 852 nafar shaxs jazo vaqtidan ilgari ozod qilinadi yoki jazosi yengillashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident Shavkat Mirziyoyev qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarni afv etish to‘g‘risidagi an’anaviy farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, turli jinoyatlarni sodir etgan 852 nafar shaxs afv etildi. Ularning 604 nafari jazoni o‘tashdan to‘liq ozod qilindi, 115 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi, 52 nafarining jazosi yengilrog‘iga almashtirildi hamda 81 nafar shaxsga tayinlangan jazo muddati qisqartirildi. Afv etilganlar orasida 7 nafar xorijiy davlat fuqarosi, 49 nafar ayol, 60 yoshdan oshgan 37 nafar shaxs hamda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar fuqaro bor.

«O‘zbekiston 24» telekanalining maxsus reportajida mahkumlar davlat rahbarining farmonini ko‘zda yosh bilan qarshi olgani namoyish etildi. Hujjatda mas’ul idoralarga barcha afv etilgan shaxslarni bayramgacha o‘z oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, shuningdek, ularning jamiyatga moslashishi, ishga joylashishi va oyoqqa turib olishiga ko‘maklashish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ma’lumot uchun, 2017-yildan buyon mamlakatda afv etish bo‘yicha 31 ta prezident farmoni imzolangan bo‘lib, ushbu insonparvarlik aktlari umumiy hisobda 10 567 nafar fuqaroni qamrab olgan.