В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

Prezident maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Bu yil 11 mingdan ortiq o‘quvchi oltin va kumush medallar bilan maktabni bitirmoqda.

Davlat rahbarining tabrigida joriy o‘quv yilida mamlakat ta’limi tarixida ilk bor 11 ming nafardan ziyod bitiruvchi maktablarni oltin va kumush medallar bilan tamomlayotgani alohida e’tirof etildi. Shuning bilan birga, hozirning o‘zida 171 nafar o‘quvchi dunyoning eng nufuzli xorijiy universitetlariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, yana minglab yoshlar mahalliy oliygohlar talabasiga aylanishga ulgurdi. Prezident ushbu yuksak natijalar bilan nafaqat yoshlarni, balki ularning ota-onalari hamda ustozlarini ham qizg‘in qutladi.

Davlat rahbari o‘z nutqida keyingi yillarda maktabni bitirib, shaxmat, futbol va kino san’ati sohasida dunyoni qoyil qoldirayotgan Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov va Abduqodir Husanov kabi yosh qahramonlarni namuna qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, Kann festivalida Gran-pri yutgan yosh kinoijodkorlar hamda yaqinda jahon chempionatiga tantanali kuzatilgan milliy terma jamoa yutuqlari mamlakat tarixida muqaddam kuzatilmaganini ta’kidladi. Prezident zamonaviy mehnat bozorida endilikda diplom emas, balki amaliy bilim va natija birinchi o‘ringa chiqayotganini qayd etib, bitiruvchilarni kamida bitta xorijiy til va zamonaviy raqamli kasbni puxta egallashga hamda katta maqsadlar sari dadil qadam tashlashga chaqirdi.