Toshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyat

PPX xodimi tomonidan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIBB

PPX xodimi tomonidan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlar haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimining voyaga yetmagan qizlarga nisbatan haqoratli harakatlari haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb ma’lum qildi Toshkent viloyati IIBB.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimi ikki qizni majburan tog‘ga olib chiqib, ularga nisbatan nomaqbul harakatlar qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Keyinroq esa ushbu xodim xizmat vazifasidan chetlatilgani haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan.

Toshkent viloyati IIBB holatni o‘rganib chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlar tasdiqlanmaganini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 27-aprel kuni soat 00:40 da O‘rta Chirchiq tumani IIB PPX xodimiga uning tanishi bo‘lgan 22 yoshli A. K. qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish uchun uyiga kelishini so‘ragan.

Uchrashuvga A. K. bilan birga uning 14 yoshli tanishi ham chiqqan va ular ikkalasi xodimning avtomobiliga o‘tirgan.

Shu paytda avtomobil yoniga 18 yoshli A. X. o‘zining to‘rt nafar tanishi bilan kelib, video murojaat yozib olgani aytiladi. U xodimga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, janjal keltirib chiqargan. Ta’kidlanishicha, u ijtimoiy tarmoqlarda aytilganidek 14 yoshli qizning qarindoshi emas.

IIBB, shuningdek, ishda voyaga yetmagan shaxs ishtirok etgani sababli barcha tafsilotlar hozircha to‘liq oshkor etilmasligini bildirdi.

“Yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlar yuzaga kelgan taqdirda esa jinoiy javobgarlik choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar

    Izoh qoldirish