So‘nggi:
AQSh Senati Eronga qarshi harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladiDunyoToshkentda shifoxona xodimi bemor ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldiJamiyatFarg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdiJamiyatJCH-2026: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berdiSportO‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari konsullikka bormasdan “Gosuslugi” orqali hujjat rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladiJamiyat1-iyuldan O‘zbekistonda pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladiJamiyatO‘zbekiston un eksporti bo‘yicha Qozog‘istondan o‘zib ketdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat organlari xodimlarini sotib olganlik uchun javobgarlik keskinlashtirildiJamiyatSoliq qo‘mitasi aholining banklardagi omonatlari va pul o‘tkazmalari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchiJamiyatJanubiy Koreya sobiq adliya vaziri harbiy to‘ntarishga ko‘maklashgani uchun 25 yilga qamaldiDunyo

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilariga tegajog‘lik qilgan PPX xodimi ustidan tergov boshlandi

Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilariga tegajog‘lik qilgan PPX xodimi ustidan tergov boshlandi

IIV ikki nafar 14 yoshli qizni olib qochgan PPX xodimi ustidan tekshiruv o‘tkazmoqda. Xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan shaxs o‘smirlarni tunda tog‘li hududga olib borgan, biroq qizning akasi tomonidan geolokatsiya orqali topilgan.

Poytaxt viloyatida huquq-tartibot organi xodimi ishtirokida mudhish voqea sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 27-aprel kuni PPX xodimi o‘zining xizmat mavqeidan foydalanib, ikki nafar 14 yoshli dugonani shaxsiy mashinasiga o‘tirishga majbur qilgan. Voyaga yetmagan qizlar formadagi shaxsga qarshilik ko‘rsatishga jur’at eta olmay, uning buyrug‘ini bajarganlar. Ammo xodim ularni ichki ishlar bo‘limiga emas, balki tog‘li hududga olib ketgan va xilvat joyda o‘smirlarga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir eta boshlagan.

Fojianing oldini olishga maktab o‘quvchilaridan birining yaqinlari hushyorligi sabab bo‘ldi. Jabrlanuvchining akasi singlisi uzoq vaqt bedarak ketganidan xavotir olib, uning telefonidagi geolokatsiya funksiyasi orqali qayerdaligini aniqlagan. Erkak tungi vaqtda tog‘lar orasida xodimni o‘z singlisi bilan yolg‘iz holda ustidan chiqqan. Shundan so‘ng xodimning kirdikorlari fosh etilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi holatga keskin munosabat bildirdi. Vazirlikning shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi prokuratura bilan hamkorlikda surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Gumonlanuvchi tergov yakuniga qadar xizmatdan chetlashtirildi. IIV tizimdagi xodimlarning bunday axloqsiz xatti-harakatlariga mutlaqo toqat qilinmasligini va aybi isbotlansa, sobiq xodim uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilishini ta’kidladi.