O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Phuket aeroportida 26 kg dan ortiq kannabis olib ketayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Phuket aeroportida 26 kg dan ortiq kannabis olib ketayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Phuket aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi chamadonlarida 26 kg kannabis va gashishni olib chiqib ketmoqchi bo‘lganida bojxonachilar tomonidan to‘xtatildi.

Chamadonlar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichiga yashirilgan jami 26 kilogrammdan ortiq taqiqlangan moddalar borligi aniqlangan va o‘z vaqtida musodara qilingan.

Bojxona xizmati xodimlari har bir yo‘lovchining yuklari tarkibini alohida ochiqladi. Birinchi fuqaroning chamadonidan umumiy vazni 9,8 kg bo‘lgan 30 ta vakuumli paketdagi quritilgan kannabis (nasha) gullari hamda 1,03 kg og‘irlikdagi 14 ta qayta ishlangan nasha bo‘laklari topilgan. Ikkinchi shaxsning yonidan esa 9,8 kg quritilgan nasha gullari bo‘lgan 30 ta qopchiq, jami vazni 4,1 kg bo‘lgan 8 ta gashish o‘rami hamda qariyb 2 kg og‘irlikdagi qayta ishlangan nasha briketlari chiqqan.

Tailand Bojxona departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar majburiy bojxona nazorati va deklaratsiya jarayonlaridan qochib, og‘ufurushlik mahsulotlarini mamlakatdan tashqariga olib chiqishni ko‘zlagan.

Hozirda ularga nisbatan tovarlarni noqonuniy eksport qilishga urinish hamda Tailandning giyohvandlik moddalari to‘g‘risidagi qonunchiligini buzish moddalari bilan ayblov e’lon qilindi. Qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar ashyoviy dalillar bilan birga Saxu polisiya bo‘limi tergovchilariga topshirildi.

Rasmiylar Tailandda kannabis kontrabandasi og‘ir jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini, har bir kilogramm nasha uchun 30 ming batgacha jarima hamda uzoq muddatli qamoq jazolari belgilanishini eslatib o‘tdi.