So‘nggi:
Qozog‘iston chet el transport vositalarining kirishini kuniga bir martagacha chekladiDunyoO‘zbekistonda xorijiy dasturlarga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladiJamiyatQosim-Jomart Toqayev yana Qozog‘iston prezidentligiga nomzodini qo‘yish huquqini qo‘lga kiritdiDunyoBog‘chalarga imtiyozli navbat my.gov.uz’da to‘liq avtomatlashtirildiJamiyatToshkentda avtoyuvish xodimi Portugaliya g‘alabasiga tikish uchun Spark’ni olib qochdiJamiyatO‘zbekistonda neft mahsulotlari zaxirasi yaqin 2−3 oy uchun yetarli ekani ma’lum qilindiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev yagona davlat boshqaruvi raqamli platformasini joriy etishni ma’qulladiSiyosatO‘zbekistonda yangilangan lotin alifbosi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandiJamiyatJCH-2026 finali chiptalari narxi rekord darajadagi 51 ming dollarga ko‘tarildiSportAndijonda bir yo‘la besh nafar egizak dunyoga keldiJamiyat

O‘zbekistonda xorijiy dasturlarga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda xorijiy dasturlarga qaramlikni kamaytiradigan milliy navigatsiya tizimi yaratiladi

O‘zbekistonda xorijiy platformalar o‘rnini bosuvchi milliy navigatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Ushbu tizim geoma’lumotlarni yagona standart asosida birlashtiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ushbu sohada asosan xorijiy navigatsiya platformalaridan foydalanib kelinayotgani soha mutasaddilari tomonidan qayd etildi. Yangi loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakat ichidagi barcha geoma’lumotlarni yagona milliy standart asosida shakllantirish hamda ushbu strategik resursning xavfsizligini ta’minlashdan iborat.

Milliy navigatsiya tizimining ishga tushirilishi transport, logistika, favqulodda yordam va tezkor xizmatlar faoliyatini, shuningdek, shaharsozlik hamda raqamli davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini ancha yuqori sifat bosqichiga olib chiqadi.

Shu bilan birga, taqdimotda vazirliklarning tarqoq bazalarini sun’iy intellekt yordamida yagona tizimga birlashtiruvchi Davlat boshqaruvining integratsiyalashgan platformasi ham namoyish etildi — u joriy yilda poytaxtda, keyingi yildan esa viloyatlarda yo‘lga qo‘yiladi. Islohotlar doirasida IT-Park rezidentlari xodimlari uchun berilgan soliq imtiyozlari 2040-yilgacha uzaytiriladi, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar esa majburiy tartibda internet optik tolalari tortilgan holda foydalanishga topshiriladi.