В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda har oltinchi nikoh ajrim bilan tugamoqda

O‘zbekistonda har oltinchi nikoh ajrim bilan tugamoqda

An’anaviy qadriyatlarga qaramay, oilaviy munosabatlar sohasidagi statistika xavotirli raqamlarni ko‘rsatmoqda. Toshkent shahri va viloyati oilalar parchalanishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarga chiqib, jamiyatdagi barqarorlikka tahdid solmoqda.

Bugungi kunda nikoh barqarorligi koeffitsienti 175,6 promilleni tashkil etmoqda, ya’ni har mingta yangi qurilgan oiladan 175 tasi rasman barbod bo‘lmoqda.

Ayniqsa, poytaxt va unga tutash hududlardagi vaziyat jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari ajrimlar soni bo‘yicha respublikada eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, oilaviy inqiroz markazlariga aylanib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, urbanizatsiya va turmush tarzi o‘zgarishi ota-bobolarimizdan qolgan mustahkam oila tushunchasini tobora yemirib bormoqda.

Garchi qo‘shni Qozog‘iston (328,2) yoki Moldova (642,7) kabi davlatlardagi holat bundan-da ayanchli bo‘lsa-da, O‘zbekiston uchun ushbu dinamika ogohlantiruvchi signaldir. Qashqadaryo va Surxondaryo kabi janubiy viloyatlar hozircha umumiy barqarorlikni ushlab turgan bo‘lsa-da, yirik shaharlarda ajrimlar ko‘payishi yaqin yillarda jamiyat hayotida jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.