O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Eski avtomashinalarni topshirib boshlang‘ich to‘lovsiz yangi Cobalt olish mumkin bo‘ladi

Eski avtomashinalarni topshirib boshlang‘ich to‘lovsiz yangi Cobalt olish mumkin bo‘ladi

Eski avtomashinalarni topshirib boshlang‘ich to‘lovsiz yangi Cobalt olish mumkin bo‘ladi. Rasmiylar 30 yildan oshgan mashinalar uchun 30 BHM miqdorida ekologik boj joriy etish g‘oyasidan voz kechdi. Chiqindilarni boshqarish agentligi eski mashina evaziga foizsiz muddatli to‘lov vaucherini taklif qilmoqda.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi mamlakat avtoparkini yangilashga qaratilgan qonun loyihasini tubdan qayta ko‘rib chiqdi.

Keng jamoatchilik muhokamalari va e’tirozlaridan so‘ng, loyihadan eng ko‘p rezonansga sabab bo‘lgan band — ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan ko‘p bo‘lgan avtomobillar egalaridan har yili 30 BHM miqdorida majburiy ekologik kompensatsiya undirish tartibi butunlay chiqarib tashlandi. Majburiy yig‘imlar o‘rniga hukumat iqtisodiy rag‘batlantirish tizimini joriy etmoqda: endilikda fuqarolar eski mashinalarini utilizatsiyaga ixtiyoriy topshirib, evaziga naqd pul yoki yangi avtomobil sotib olish uchun boshlang‘ich to‘lov o‘rniga o‘tuvchi maxsus vaucher (sertifikat) olishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlik boshqarma boshlig‘i Umarjon Abdullayevning tushuntirishicha, bunday mexanizmning ishlab chiqilishiga shaharlardagi ekologik vaziyat sabab bo‘lgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 5 millionta avtomobilning qariyb 100 mingtasi nosoz holatda bo‘lib, shaharlardagi zararli tashlamalarning 63 foizi aynan ularning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, ochiq tenderlar asosida eski mashinalarni baholash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi mustaqil korxonalar tarmog‘i yaratiladi. Mashinalar bozor narxida baholanadi (yura olmaydiganlari joyiga borib ko‘riladi) va egasiga vaucher beriladi. Ushbu vaucher rasmiy dilerlardan yangi mashina olishda boshlang‘ich to‘lov o‘rniga o‘tadi, qolgan summani esa 2 yildan 7 yilgacha bo‘lgan muddatda foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Vaucherdan foydalanishni istamaganlar uni bir oy ichida naqd pulga almashtirishi mumkin.

Agentlik mutasaddilari yangi tizimni bozor qiymati qariyb 165 million so‘m bo‘lgan Cobalt avtomobili misolida tushuntirib berishdi. Amaldagi tartibda xaridor salondan mashina olish uchun 30–50 foiz (taxminan 50 million so‘m) boshlang‘ich to‘lov qilishi va qolgan qismiga foizli kredit rasmiylashtirishi kerak.

Yangi tizimda esa fuqarolar o‘zlarining eski GAZ-24, “Moskvich” yoki birinchi avlod Nexia mashinalarini topshirsa, ularning holatiga qarab 5 milliondan 70 million so‘mgacha baholanishi mumkin. Agarda eski mashina eng minimal — 5 million so‘mga baholangan taqdirda ham, fuqaro o‘z cho‘ntagidan pul to‘lamasdan yangi Cobalt’ni boshlang‘ich to‘lovsiz rasmiylashtira oladi.

Qolgan 160 million so‘m esa 7 yil davomida hech qanday foizlarsiz, oyiga qariyb 1,9 million so‘mdan teng bo‘lib to‘lanadi (eski mashina 70 mln so‘mga baholansa, oylik to‘lov 1,13 mln so‘mgacha kamayadi). Utilizatsiya korxonalarining xarajatlari qisman utilizatsiya yig‘imi hisobidan qoplanadi. Hozirda loyihani yakuniy tahrirga keltirish ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish