O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdiJamiyatRossiyada benzin ishlab chiqarish ehtiyojning 70 foizigacha tushib ketdi — ReutersJamiyatNepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixonaJamiyatOlmaota — Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPrezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdiJamiyatToshkent oliygohlarida darslar soat 08:00 dan boshlanadiJamiyatMuzlik daryoga ko‘chdi: Nepal va Tibetda yuzlab odamlar sel oqimi ostida qoldiDunyoO‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildiJamiyatoshkentda Zeekr 001 elektromobili yonib ketdiJamiyat

O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdi

O‘zbekistonga ko‘chib keluvchilar soni bir yilda 2,5 baravarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 1,6 mingdan ziyod kishi ko‘chib kelgan. Asosiy oqim Rossiya va Qozog‘istondan to‘g‘ri kelmoqda.

2026-yilning dastlabki olti oyida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar soni keskin ko‘paydi. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yarim yillikda mamlakatga 1 649 nafar fuqaro ko‘chib kelgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga ko‘pdir.

Kelganlarning davlatlar kesimidagi taqsimoti

Ko‘chib keluvchilar geografiyasiga nazar tashlansa, asosiy ulush qo‘shni hamda MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ro‘yxatda yetakchi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egallagan:

  • Rossiya: 580 nafar;

  • Qozog‘iston: 362 nafar;

  • Tojikiston: 147 nafar;

  • Boshqa xorijiy davlatlar: 560 nafar.

Taqqoslash uchun, 2025-yil davomida O‘zbekistonga xorijdan jami 1 159 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan edi va o‘shanda ham eng ko‘p ko‘chib kelganlar Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.

Hududlar bo‘yicha joylashuv

Xorijdan ko‘chib kelganlarning mabsus ko‘p qismi poytaxt va unga tutash hududlarni afzal ko‘rgan. Hududlar kesimida taqsimot quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Toshkent shahri: 1 089 nafar;

  • Toshkent viloyati: 269 nafar;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 115 nafar;

  • Navoiy viloyati: 31 nafar;

  • Samarqand viloyati: 22 nafar;

  • Xorazm viloyati: 21 nafar;

  • Surxondaryo viloyati: 18 nafar;

  • Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari: 15 nafardan;

  • Buxoro va Namangan viloyatlari: 13 nafardan;

  • Jizzax viloyati: 12 nafar;

  • Andijon viloyati: 11 nafar;

  • Qashqadaryo viloyati: 5 nafar.

Qayd etish joizki, 2026-yil boshida o‘tkazilgan umummilliy aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi doimiy aholining etnik tarkibida o‘zbeklardan keyin tojik millatiga mansub fuqarolar eng ko‘p sonni tashkil etmoqda.