O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda yerlarni qonuniylashtirishning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni qonuniylashtirishning muddati 3 barobarga qisqartirildi. Uy-joy egalariga yerda foydalanish huquqi 99 yilga beriladi.

Yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik BHMning 30 barobarigacha, ya’ni 12,36 million so‘mgacha bo‘lgan taqdirda ham yerga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishga ruxsat berildi. Shu bilan birga, 2020-yil yanvaridan 2024-yil iyunigacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan oshirilgan soliq stavkalari bekor qilinadi.

Yakka tartibdagi uy-joy egalari uchun qo‘shimcha kafolat belgilandi: ijobiy qaror qabul qilinganda yer uchastkasidan foydalanish huquqi 99 yil muddatga rasmiylashtiriladi. Boshqa toifadagi yerlar uchun ijara muddati 49 yilni tashkil etadi.

Shaxsiy uy hujjatida ko‘rsatilganidan ortiqcha egallangan yerlarni qonuniylashtirish tizimi ham o‘zgaradi. Endilikda yerning bozor qiymatiga bog‘lanish o‘rniga, uchastkaning qayerda joylashganidan qat’i nazar, qat’iy belgilangan to‘lov joriy etiladi.

Agar o‘zboshimchalik bilan egallangan yerning bir qismi qurilish taqiqlangan hududga to‘g‘ri kelsa, kadastr organlari arizani butunlay rad etmaydi. Ular yerning muammoli qismini chiqarib tashlab, qolgan xavfsiz hududiga bo‘lgan huquqni rasmiylashtirishi mumkin. Binolar qurilgan muddatni aniq tasdiqlash uchun kosmik suratlardan foydalanish tartibi takomillashtiriladi. Shuningdek, yerga bo‘lgan huquqni tan olish rad etilgan taqdirda, qaror ustidan sudgacha shikoyat qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, arizalarni ko‘rib chiqish muddati 150 ish kunidan 50 ish kuniga qisqartirildi. Bir martalik to‘lovning yarmini 20 ish kunida to‘laganlar qolgan qismiga 50 foizlik chegirma oladi va to‘lovni 3 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniga ega bo‘ladi.