Toshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosat

O‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladi

O‘zbekistonda “voyenkomatlar” bosqichma-bosqich tugatiladi

O‘zbekiston mudofaa tizimida “nol byurokratiya” tamoyili joriy etilmoqda. Mudofaa ishlari bo‘limlarida tibbiy komissiyalar (voyenkomat) bekor qilinib, 16 yoshli yigitlar avtomatik hisobga qo‘yiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, mamlakatda xalq tilida “voyenkomat” deb yuritiladigan mudofaa ishlari bo‘limlari bosqichma-bosqich tugatilib, ularning majburiyatlari elektron tizimlarga o‘tkaziladi.

Bundan buyon 16 yoshga to‘lgan va ichki ishlar organlaridan ID-karta olgan yigitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlikning axborot tizimidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi va ular hech qanday ortiqcha hujjatlarsiz, avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yiladi. Ushbu jarayon uchun yoshlarning mudofaa bo‘limlariga shaxsan borishi talab etilmaydi.

Mazkur islohot doirasida mudofaa ishlari bo‘limlari qoshidagi an’anaviy tibbiy komissiyalar faoliyati ham butunlay bekor qilinmoqda. Endilikda chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar uchun barcha majburiy tibbiy ko‘rik tadbirlari turar joylardagi tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida tashkil etiladi.

Bu choralar tibbiy ko‘riklarning shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning vaqtini tejash hamda tizimda inson omilini va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni maksimal darajada kamaytirishga xizmat qiladi.