Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda sertifikatlar uchun ball berish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda sertifikatlar uchun ball berish tartibi o‘zgaradi

Oliy ta’lim vazirligi va Bilimni baholash agentligi sertifikat egasi bo‘lgan abituriyentlarga maksimal ball berish tizimini o‘rganyapti. Yildan-yilga sertifikatli abituriyentlar ko‘payib, o‘tish ballari keskin oshib ketgan.

O‘zbekistonda milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda tegishli fandan maksimal ball berish tartibi kelgusida o‘zgarishi mumkin. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

Raqamlarga ko‘ra, joriy yilda OTMlarga hujjat topshirgan 678 ming abituriyentning 193 mingidan ko‘prog‘idaumumta’lim va 125 mingida chet tili sertifikatlari bo‘lgan. Barcha fanlardan sertifikati bo‘lgan 13 ming abituriyent test sinovlaridan to‘liq ozod qilindi (2025-yilda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 678 nafarni tashkil etgan edi).

Natijada joriy yilda o‘rtacha o‘tish ballari keskin ko‘tarildi:

  • Davlat granti bo‘yicha: 134,6 ball (o‘tgan yili 121,8 ball);

  • To‘lov-kontrakt bo‘yicha: 93,7 ball (o‘tgan yili 84,9 ball).

Tizim nima uchun isloh qilinmoqda?

Sardor Rajabovning ta’kidlashicha, milliy sertifikat topshirganlar soni tez sur’atlar bilan oshib bormoqda va bir necha yildan keyin ular oddiy test topshiruvchilardan o‘zib ketadi. Bu holat muayyan yo‘nalishlarda raqobat va o‘rinlarning band bo‘lib qolishida sun’iy qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Shu bilan birga, tahlillar sertifikat bilan kirgan talabalarning 60 foizga yaqini OTMlarda a’lo, 40 foizi esa yaxshi baholarga o‘qiyotganini ko‘rsatgan. Shunga qaramay, vazirlik va Bilimni baholash agentligi maksimal ball berish mexanizmini maqbullashtirish ustida ishlamoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish