Shavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdiSiyosat«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkinLayfstaylToshkentda firibgarlar hisoblagich o‘rnatish bahonasida pensionerlarni alday boshladiJamiyatO‘zbekiston neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun OpenAI va Meta’ga o‘zbek tili korpusini bepul berdiJamiyatO‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindiJamiyatToshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan erkak 5 sutkaga qamalib, jarimaga tortildiJamiyatEndi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyatO‘zbekiston tarixdagi ilk UFC turnirini qabul qilishga tayyorlanmoqdaSportMarkaziy bank lotin alifbosidagi o‘zgarishlar sabab naqd pullarni almashtirish kerakmi yoki yo‘qligini tushuntirdiJamiyatO‘zLiDeP navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida hududiy konferensiyalar o‘tkazilmoqdaSiyosat

«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkin

«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkin

Turizm qo‘mitasi taniqli Gollivud kinoprodyuseri Larri Kasanoff bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.Tomonlar O‘zbekistonda jahon yulduzlari ishtirokida sarguzasht filmi suratga olish masalasini muhokama qildi.

Turizm qo‘mitasi Gollivudning taniqli kinoprodyuseri Larri Kasanoff bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.Tomonlar O‘zbekiston hududida jahonga mashhur aktyorlar ishtirokida yirik sarguzasht janridagi filmni suratga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Tomonlar nimalarni muhokama qildi

Imzolangan hujjat doirasida qo‘mita vakillari va amerikalik prodyuser O‘zbekistonning tarixiy hamda tabiiy lokatsiyalaridan kino sanoatida foydalanish, xorijiy kino yulduzlarini jalb etgan holda yangi sarguzasht loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Larri Kasanoff qaysi filmlar bilan tanilgan

Larri Kasanoff Gollivudning tajribali prodyuserlaridan biri bo‘lib, jahon prokatida katta muvaffaqiyat qozongan bir qator mashhur kartinalarni yaratishda ishtirok etgan. Uning eng taniqli loyihalari qatoridan quyidagilar o‘rin olgan:

  • «Mortal Kombat» fantastik jangari filmi;

  • Jeyms Kemeronning «Terminator 2» («Terminator 2: Qiyomat kuni») blokbasteri;

  • «True Lies» («Haqiqatga yaqin yolg‘on») sarguzasht ekshn filmi.

Xorijiy kinoloyihaning O‘zbekistonda suratga olinishi mahalliy kino sanoatini rivojlantirish bilan birga mamlakatning sayyohlik salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar

    Izoh qoldirish