«Toshshaharsuvta’minoti» poytaxtda telefon firibgarlari faollashganidan ogohlantirdi. Ular pensionerlarga qo‘ng‘iroq qilib, «aqlli» hisoblagich o‘rnatish bahonasida pasport ma’lumotlarini so‘ramoqda.
Toshkent shahrida o‘zini «aqlli» suv hisoblagichlarini o‘rnatuvchi xodim sifatida tanishtirayotgan telefon firibgarlari faollashdi. Bu haqda «Toshshaharsuvta’minoti» matbuot xizmati ogohlantirdi.
Aldov sxemasi qanday ishlaydi
Hozirda poytaxt tumanlarida zamonaviy hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda va firibgarlar aynan shu jarayondan foydalanishga urinmoqda. Yovuz niyatli shaxslar fuqarolarga — asosan keksalar va pensionerlarga qo‘ng‘iroq qilib, «aqlli» hisoblagich o‘rnatish bahonasida ularning pasport ma’lumotlari hamda boshqa shaxsiy axborotlarini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Hisoblagichlar aslida qanday tartibda o‘rnatiladi
Korxona vakillari «aqlli» hisoblagich o‘rnatish uchun telefon orqali pasport ma’lumotlari yoki boshqa shaxsiy axborotlarni taqdim etish talab qilinmasligini eslatib o‘tdi.
Aholiga rasmiy tartib yana bir bor tushuntirildi:
-
ishlar boshlanishi haqida fuqarolar mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali oldindan xabardor qilinadi;
-
o‘rnatish bilan bog‘liq barcha savollar yuzasidan mahalla qo‘mitalari huzurida tashkil etilgan vaqtinchalik shtabmutaxassislariga murojaat qilish mumkin.
Toshkentliklardan hushyor bo‘lish va begona shaxslarga shaxsiy ma’lumotlarni aslo bermaslik so‘ralmoqda.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q