Yangi Toshkentdagi ilk xonadonlar narxi va ko‘chib kirish muddati e’lon qilindiJamiyatO‘zbekistonda uch oygacha bo‘lgan haq to‘lanmaydigan stajirovkalarga ruxsat berilishi mumkinJamiyatO‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Qohiradagi yirik yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdiSiyosat«Mortal Kombat» va «Terminator 2» prodyuseri O‘zbekistonda Gollivud blokbasterini suratga olishi mumkinLayfstaylToshkentda firibgarlar hisoblagich o‘rnatish bahonasida pensionerlarni alday boshladiJamiyatO‘zbekiston neyrotarmoqlarni o‘qitish uchun OpenAI va Meta’ga o‘zbek tili korpusini bepul berdiJamiyatO‘zbekistonda 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindiJamiyatToshkentda fohishalik bilan shug‘ullangan erkak 5 sutkaga qamalib, jarimaga tortildiJamiyatEndi my.gov.uz orqali kvartira olishdan oldin quruvchini tekshirish mumkinJamiyat

O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar 2030-yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarni 2030-yilgacha mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilish hamda tejalgan mablag‘larni infratuzilmaga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berdi.

O‘zbekistonda xalqaro aeroportlar 2030-yilga qadar yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Tejalgan mablag‘lar nimaga sarflanadi

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, ushbu chora mamlakat xalqaro aeroportlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Bunda soliq imtiyozlari berilishining asosiy sharti — tejalgan barcha mablag‘larni aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish va yangilashga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi.

Aviakompaniyalar uchun yengilliklar va aviaparkni kengaytirish

Yig‘ilishda mahalliy uchuvchilarni tayyorlash va ishga olish majburiyatini olgan aviakompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash choralari ham e’lon qilindi:

  • bunday aviakompaniyalar jalb qilgan xorijiy mutaxassislar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;

  • xorijlik kadrlarga ruxsatnoma berish yig‘imi miqdori 30 barobarga kamaytiriladi.

Yaratilayotgan sharoitlar hisobiga mamlakatdagi havo kemalari sonini 2027-yilda 150 taga, 2030-yilga borib esa kamida 250 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Yangi Toshkentda aviatsiya universiteti tashkil etiladi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqaro fuqaro aviatsiyasi universitetini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Yangi oliygohni joylashtirish uchun Yangi Toshkent hududidan 20 gektar yer ajratiladi — u yerda zamonaviy kampus, o‘quv-simulyatsiya va ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etiladi.

Izohlar

    Izoh qoldirish