Yangi Toshkentning birinchi aholisi 2027-yil bahorida tayyor ta’mirlangan xonadonlarga ko‘chib kirishi mumkin. «Sharq bahori» majmuasida bir kvadrat metr uy narxi 10,9–13,9 mln so‘mni tashkil etadi.
Yangi Toshkentning birinchi aholisini 2027-yil bahorida qabul qilish rejalashtirilmoqda. Fuqarolarga tayyor ta’mirlangan xonadonlar hamda joyida ipoteka rasmiylashtirish imkoniyati taklif etiladi. Bu haqda Yangi Toshkentni barpo etish direksiyasi direktori o‘rinbosari Maqsud Abbosxonov matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uy-joy narxlari va sotib olish tartibi
«Sharq bahori» turar joy majmuasidagi xonadonlarning bir kvadrat metri narxi 10,9 milliondan 13,9 million so‘mgachaetib belgilangan. Narxlarni shakllantirishda qurilish, materiallar va pardozlash xarajatlari hisobga olingan. Xususiy quruvchilar esa narxlarni uyning joylashuvi va toifasidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi.
Xonadonlarni xarid qilish jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:
-
savdolar maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi;
-
ipoteka kreditini bevosita majmua hududida faoliyat yurituvchi bank vakillari orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
2027-yilda shaharda qancha odam yashaydi
Kutilishicha, 2027-yilning o‘zida Yangi Toshkentda 50 mingga yaqin kishi yashashi, o‘qishi va ishlashi mumkin bo‘ladi.Ular orasida yangi uy egalari, talabalar hamda davlat tashkilotlari xodimlari bor.
Shuningdek, poytaxtda uylari renovatsiya dasturiga tushgan fuqarolarga ham kompensatsiya sifatida Yangi Toshkentdan xonadonlar taklif etilishi ko‘zda tutilgan.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q