O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish nizomini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Yangi tartibga ko‘ra, biologik qoldiqlarni maxsus pechlarda yondirish hamda jasadlarni tashish qoidalari belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, biologik qoldiqlarni maxsus texnik uskunalar (krematoriy) yordamida to‘liq yo‘q qilish tartib-taomillari joriy etiladi.

Hujjatga muvofiq, hayvon o‘limi aniqlangan taqdirda uning egasi yoki jasadni topgan shaxs o‘sha kunning o‘zida mas’ul idoralarga xabar berishi shart. Hayvon qoldiqlari faqat maxsus transport vositalari yoki yopiq konteynerlarda krematoriyga yetkaziladi. Ularni ochiq holda tashish yoki saqlash qat’iyan man etiladi. Jasadlar yoqilgunga qadar maxsus xonalarda saqlanadi va bu muddat 24 soatdan oshmasligi lozim. Yuqumli kasalliklar aniqlangan yoki o‘lim sababi noma’lum bo‘lgan barcha holatlarda krematsiya jarayoni majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Yangi nizomda sanitariya va xavfsizlik choralariga alohida urg‘u berilgan. Krematsiyadan so‘ng qolgan kul va qoldiqlar tegishli tartibda yo‘q qilinib, dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Jarayonga jalb qilingan barcha xodimlar maxsus kiyim-bosh, poyabzal, bir martalik qo‘lqop, niqob yoki respirator hamda himoya ko‘zoynaklari bilan bepul ta’minlanadi. Shuningdek, hayvon jasadi tekkan barcha uskunalar va joylar majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi shart.