O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

O‘zbekistonda narkojinoiyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirildi

O‘zbekistonda narkotiklar aylanmasiga qarshi yangi qonun qabul qilindi. Narkojinoiyatlar uchun 20 yilgacha qamoq, jamoat joyida iste’mol qilganlarga esa 15 sutkagacha qamoq jazosi beriladi.

O‘zbekistonda gilyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishni tubdan kuchaytirishga qaratilgan va jinoyat qonunchiligini keskinlashtiruvchi yangi qonun qabul qilindi. Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va millat genofondiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha alohida bobning kiritilishi ushbu xavfga davlat darajasida jiddiy va murosasiz qaralayotganidan dalolat beradi.

Yangi normalarga ko‘ra, qator o‘ta og‘ir narkojinoiyatlar bo‘yicha sudlanganlar uchun shartli ravishda muddatidan ilgari ozod qilish (UDO) yoki jazoni yengilrog‘iga almashtirish imkoniyati mutlaqo bekor qilindi.

Endilikda eng og‘ir turdagi narkojinoiyatlar, jumladan, noqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, yirik miqdordagi savdo hamda transmilliy jinoiy guruhlarga a’zolik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Xuddi shunday qat’iy chora narkojinoiyatlarni yashirgan, ularni homiylik qilgan yoki fosh etilishiga to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslarga ham tatbiq etilib, ularga ham 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi belgilandi. Bundan tashqari, jamoat joylarida giyohvandlik, psixotrop yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilganlik uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi joriy etilmoqda.

Qonunda yoshlar xavfsizligini ta’minlash va internet orqali tarqatiladigan xavflarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilgan. Narkotiklarni internet tarmog‘i orqali, maktab, kollej, OTM, talabalar turar joylari, bolalar lagerlari yoki ularga tutash hududlarda tarqatganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi beriladi.

Voyaga yetmaganlarni giyohvandlikka jalb etish, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni ularga sotish og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi, agarda ushbu qilmish inson o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, aybdorlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish