Chirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyatSanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyo

O‘zbekistonda mol go‘shti narxi bir oyda 8 foizga qimmatlashdi: Tashqi omillar tahlili

O‘zbekistonda mol go‘shti narxi bir oyda 8 foizga qimmatlashdi: Tashqi omillar tahlili

O‘zbekistonda mol go‘shti narxi bir oyda 8 foizga oshdi. Bunga Rossiyadagi chorva kasalliklari va Qozog‘istonning tranzit cheklovlari sabab bo‘lmoqda.

Respublika bozorlarida mol go‘shti narxi ko‘tarilishda davom etmoqda. 24-mart holatiga ko‘ra, ulgurji savdoda mahsulotning bir kilogrammi 75 mingdan 108 ming so‘mgacha baholandi. Bir hafta avvalgi ko‘rsatkichlar bilan qiyoslaganda, eng past narx 7,1 foizga, eng yuqori chegara esa qariyb 3 foizga oshgan. Fevral oyi oxiridagi narxlar (70–100 ming so‘m) bilan solishtirganda esa, umumiy qimmatlashish 8 foizni tashkil etmoqda.

Mutaxassislar narxlar sakrashini mintaqadagi epidemiologik vaziyat va logistik cheklovlar bilan bog‘lashmoqda:

  • Rossiyaning qator hududlarida pasterellyoz va qutirish kabi kasalliklar tarqalishi sababli chorva mollari ommaviy yo‘q qilingan. Bu eksport hajmining qisqarishiga olib keldi.

  • Qozog‘iston tomonidan Rossiyadan tirik chorva mollari, ishlov berilmagan yem-xashak va chorvachilik mahsulotlarini olib kirish hamda tranzit qilishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq taklifning kamayishiga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar ham chakana savdo nuqtalarida go‘sht narxi sezilarli darajada ko‘tarilganini ta’kidlashmoqda. Mavjud vaziyat ichki bozorda go‘sht mahsulotlari tanqisligini yuzaga keltirib, narxlar siyosatiga bevosita ta’sir o‘tkazmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish