Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi BSI indeksi bo‘yicha eng ko‘p maosh oluvchi bitiruvchilarga ega OTMlar ro‘yxati e’lon qilindi. VGIK va Inha filiallari yetakchilik qilmoqda.

2025-yilning iyulidan 2026-yilning iyuniga qadar bo‘lgan davrda respublika bo‘yicha OTM bitiruvchilarining o‘rtacha rasmiy oylik daromadi 4,9 mln somni tashkil etdi.

Yo‘nalishlar kesimida o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari:

  • Ijodiy (sport) yo‘nalishlar — 6,33 mln so‘m;

  • Amaliy fanlar — 5,5 mln so‘m;

  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar — 4,61 mln so‘m;

  • Tibbiyot fanlari — 4,43 mln so‘m.

Eng yuqori daromadli OTMlar top-10 ligi

Bitiruvchilari eng yuqori o‘rtacha daromad oladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga quyidagilar kirdi:

  1. VGIK Toshkent filiali — 23,4 mln so‘m;

  2. Toshkent shahridagi Inha universiteti — 12,6 mln so‘m;

  3. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti — 12,5 mln so‘m;

  4. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 10,6 mln so‘m;

  5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10,3 mln so‘m;

  6. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 9,4 mln so‘m;

  7. Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti — 9,3 mln so‘m;

  8. G.V.Plekhanov nomidagi REU Toshkent filiali — 9 mln so‘m;

  9. Toshkent davlat yuridik universiteti — 8,4 mln so‘m;

  10. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti — 8,1 mln so‘m.

Reytingning maqsadi

Agentlik direktori Baxtiyor Yuldashevning ta’kidlashicha, BSI indeksining asosiy maqsadi abituriyentlarga OTM tanlashda ta’lim jarayonidan tashqari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi real natijalariga asoslangan xolis mezonni taqdim etishdir. Hisob-kitoblarda faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan daromadlar inobatga olingan va u bitiruvchi yashaydigan hududdagi o‘rtacha ish haqi bilan solishtirilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish