O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

O‘zbekistonda kamayib borayotgan va noyob hayvonlarni ovlashga taqiq qo‘yildi

O‘zbekistonda kamayib borayotgan va noyob hayvonlarni ovlashga taqiq qo‘yildi

Hukumat qarori bilan qor qoploni, sayg‘oq, Buxoro bug‘usi kabi noyob hayvonlarni ovlashga moratoriy joriy etildi. Taqiq 1-avgustdan kuchga kiradi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yilning 1-avgustidan boshlab 2028-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekiston hududida noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi jonivorlarni ovlash butunlay taqiqlanadi. Mazkur moratoriy ro‘yxatiga qor qoploni, sayg‘oq, old osiyo qoploni, Buxoro bug‘usi, yo‘lli sirtlon, qorako‘zan (korakal) va Turkiston silovsini kabi hayvonlar kiritildi.

Shuningdek, qushlardan flamingo, tustovuq (drofa), qora laylak, jingalak saqoqush va kulrang durna kabi turlar ham muhofazaga olindi. Hayvonlarni tutish kvotalarini shakllantirishda ushbu turdagi noyob jonzotlar uchun cheklovlar hisobga olinadi ва ularga o‘rin ajratilmaydi.

Joriy etilayotgan ushbu cheklovlar muayyan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Xususan, maxsus fermer xo‘jaliklari, pitomniklar, inkubatorlar va baliqchilik hovuzlarida sun’iy ravishda parvarishlanayotgan yoki ko‘paytirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, ilmiy va tibbiy maqsadlarda hayvonlarni tutishga taqiq qo‘yilmaydi.

Qarorda mamlakat suv havzalarini boyitish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Chunonchi, 2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 1-yanvargacha respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarga har yili kamida 15 tonna baliq chovoqlari tashlanadi. Baliq turlarining ro‘yxati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan birgalikda belgilanadi.