В Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekistonda ishga kirish tartibi va hujjatlar soni qisqartiriladi

O‘zbekistonda ishga kirish tartibi va hujjatlar soni qisqartiriladi

O‘zbekistonda ishga kirish jarayoni osonlashadi. Yangi qonun bilan hujjatlar soni qisqaradi va Face ID orqali shartnoma tuzishga ruxsat beriladi.

Qonunchilik palatasi mehnat jarayonlarini soddalashtirishga doir qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra ishga joylashishda fuqarolardan talab qilinadigan ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi. Endilikda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga qaratilib xodimning JSHSHIR raqami orqali barcha kerakli axborotlarni olish imkoniyati yaratiladi. Bu esa elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish kabi talablarni bekor qiladi.

Shuningdek mehnat shartnomalarini masofadan turib imzolash imkoniyatlari kengaymoqda. Face ID biometrik identifikatsiyasi va elektron imzo yordamida tasdiqlangan hujjatlar qo‘lyozma imzo bilan tenglashtiriladi. Harbiy xizmat yoshidagilar uchun faqat harbiy hujjatlarni ko‘rsatish kifoya bo‘ladi. Deputatlarning ta’kidlashicha ushbu islohotlar ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtirishni sezilarli darajada tezlashtiradi hamda byuroкраtik to‘siqlarni bartaraf etadi.