So‘nggi:
IV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyot

O‘zbekistonda eskrou tizimi sabab uy va mashina bozori keskin “sovidi”

O‘zbekistonda eskrou tizimi sabab uy va mashina bozori keskin “sovidi”

1-apreldan boshlab eskrou tizimi ko‘chmas mulk va avtomobil savdosini naqd pulsiz, faqat bank orqali amalga oshirish majburiy etib belgilandi. Bu har ikki bozorda bitimlar soni bir necha barobarga kamayishiga olib keldi.

Markaziy bank va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlari ushbu yangilik ortidan har ikki bozorda savdo hajmi keskin pasayganini ko‘rsatmoqda.

Xususan, avtomobil bozorida eskrou tizimi orqali aprel oyida 18 960 ta, may oyida esa 16 584 ta oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirilgan. Taqqoslash uchun, cheklovlar joriy etilishidan oldin — yanvar oyining o‘zida 28,6 mingta yangi yengil mashina sotilgan bo‘lsa, fevralda jami avtotransport savdosi 84,2 ming taga yetgan edi.

Mart oyida esa birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 78 mingdan ortiq yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, bu birgina mart oyidagi savdo aprel va may oylarining umumiy ko‘rsatkichidan ikki baravar ko‘p deganidir.

Ko‘chmas mulk bozorida ham xuddi shunday pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Aprel oyida respublika bo‘yicha 12 797 ta, may oyida esa 12 439 ta uy-joy oldi-sotdisi qayd etildi. Vaholanki, yanvar va fevral oylarida ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 28,6 ming va 29,7 ming tani tashkil etgan.

Yangi tartib joriy etilishi arafasida, ya’ni mart oyida esa ko‘chmas mulk bozorida keskin faollik kuzatilib, qariyb 43,6 mingta bitim imzolangan edi — bu may oyidagi ko‘rsatkichdan qariyb 3,5 baravarga ko‘pdir.

Ma’lumot o‘rnida, eskrou — xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi hisob-kitobni nazorat qiluvchi maxsus bank hisobvarag‘idir. Fuqaro uy yoki mashina sotib olayotganda pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchiga emas, bankdagi eskrou hisobiga o‘tkazadi.

Notarius bank tizimi orqali mablag‘ borligini tekshirib, shartnoma va hujjatlarni tasdiqlaganidan so‘nggina bank ushbu pulni avtomatik ravishda sotuvchining hisobiga o‘tkazib beradi. Mablag‘ni naqd shaklda ham istalgan bank filiali yoki terminallar orqali ushbu hisobvaraqqa kiritish imkoniyati mavjud.