So‘nggi:
O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yilga ishlash huquqidan mahrum etiladiJamiyatToshkentda o‘zini kanalga tashlagan ayol va uni qutqarmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldiJamiyatAQSHda YTH sodir etgan O‘zbekiston fuqarosiga ayblov e’lon qilindiJamiyatEski avtomashinalarni topshirib boshlang‘ich to‘lovsiz yangi Cobalt olish mumkin bo‘ladiJamiyatO‘zbekistonda cheklar uchun beriladigan 1 foizlik keshbekni bekor qilish taklif etildiIqtisodiyotJSST Yevropa va Markaziy Osiyoda yangi halokatli issiqlik to‘lqinlari xavfidan ogohlantirdiDunyoTramp Ispaniya bilan barcha savdo aloqalarini uzishni buyurdiDunyoSirdaryoda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab konsultanti qamaldiJamiyatO‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 6,8 mlrd dollarga kamaydiIqtisodiyotPrezident Shavkat Mirziyoyev “Green Samarkand” yirik ekologik loyihasini ma’qulladiIqtisodiyot

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yilga ishlash huquqidan mahrum etiladi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yilga ishlash huquqidan mahrum etiladi

Meta-tavsif: Senat ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi qonunni ma’qulladi. Qonunbuzar pedagoglar bir yilga bog‘chalarda ishlash huquqidan mahrum etiladi.

Senatning 17-yalpi majlisida “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi. Prezident huzuridagi Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu hujjat bolalar huquqlari, sha’ni va daxlsizligini ta’minlash maqsadida 6 ta kodeks va 13 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

Yangi qonun bilan ta’lim muassasalarida tarbiya va o‘quv jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik sodir etganlik, shuningdek, bolalarni haqorat qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Pedagogik faoliyati davomida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar 1 yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etiladi.

Shuningdek, bola davlat yoki nodavlat muassasasi ta’minotida to‘liq bo‘lgan taqdirda ham, ota yoki onani aliment to‘lashdan ozod etishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya uchun faqat qarindoshlariga berilishi mumkinligi haqidagi qoida kiritildi. Voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq jinoyat ishlari endilikda faqat yopiq sud majlislarida ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston bog‘cha va maktablaridagi zo‘ravonlik statistikasi

Maktabgacha ta’lim va maktab muassasalarida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish hamda jismoniy jazo qollash holatlari O‘zbekistonda dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bolalar ombudsmani ofisi taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pedagoglar tomonidan sodir etilayotgan zo‘ravonlik holatlari dinamikada o‘sish ko‘rsatmoqda. Xususan, 2024-yilda Bolalar ombudsmaniga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha kelib tushgan jami murojaatlarning 25 foizi aynan ta’lim muassasalari xodimlari va pedagoglar tomonidan sodir etilgan jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikka oid bo‘lgan. 2025-yilga kelib esa ushbu ko‘rsatkich 28,9 foizga yetgan — ya’ni deyarli har uchinchi shikoyat bevosita tarbiyachi va o‘qituvchilarning xatti-harakatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Avvalroq BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tomonidan o‘tkazilgan ko‘p ko‘rsatkichli tadqiqotlar natijasi O‘zbekistonda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 62 foizi muntazam ravishda zo‘ravonlik usullari (jismoniy jazo va ruhiy tazyiq) orqali tarbiyalanishini ko‘rsatgan edi. Senatorlarning ta’kidlashicha, ushbu qonun qabul qilinishi bog‘cha va maktab ma’muriyatlari tomonidan bunday holatlarni yashirish amaliyotiga chek qo‘yish hamda tizimni noloyiq kadrlardan tozalash uchun huquqiy asos bo‘ladi.