So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

O‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimini tashqi diagnostika qilish tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi pedagogika yo‘nalishi talabalari bilimini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibini ro‘yxatga oldi. 3-bosqich talabalari har yili 50 talik test topshiradi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilim darajasini hamda kadrlar tayyorlash sifatini baholashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur tizim prezidentning pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hayotga tatbiq etilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, tashqi diagnostika jarayonlari har o‘quv yilida bir marta, pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan uchinchi bosqich talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida tashkil etiladi. Mazkur tekshiruv maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, aniq va tabiiy fanlar, filologiya hamda sport faoliyati kabi barcha pedagogik tarmoqlarni qamrab oladi. Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun talabalarga 45 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanib, maksimal natija 100 ballni tashkil etadi. Imtihonlarni o‘tkazish uchun har yili sentyabr oyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi тоmonidan maxsus ishchi guruh tuziladi.

Tashqi diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga va reyting ballariga mutloqo ta’sir qilmaydi. Imtihonlar faqat universitetlardagi ta’lim sifatini tahlil qilishga xizmat qiladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘rtacha 56 ball va undan yuqori ko‘rsatkich qayd etgan ta’lim yo‘nalishlari “talablarga javob beradigan”, 56 balldan past natija ko‘rsatganlari esa “talablarga javob bermaydigan” deb baholanadi hamda ularda o‘qitish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi.