O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda banklar kredit reklamasida xatarlar haqida ogohlantirishga majbur bo‘ladi

O‘zbekistonda banklar kredit reklamasida xatarlar haqida ogohlantirishga majbur bo‘ladi

Markaziy bank qarori bilan tijorat banklariga kredit xatarlari va to‘lanmagan qarz oqibatlari haqida mijozlarni oldindan ogohlantirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.

Kredit reklamasida xatarlar haqida ogohlantirish

Adliya vazirligi Markaziy bank boshqaruvining tijorat banklari uchun yangi talablarni nazarda tutuvchi qarorini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Yangi tartibga ko‘ra, banklar kredit reklamalarida va shartnomalarida mijozlarni moliyaviy xatarlar haqida ogohlantiruvchi axborotlarni joylashtirishga majbur bo‘ladi.

Ogohlantirishda majburiyatlar bajarilmaganda yuzaga keladigan oqibatlar: qarzdorlik summasining oshishi, mol-mulk va hisobvaraqlarga undiruv qaratilishi hamda kredit tarixining yomonlashishi ko‘rsatilishi shart.

Yangi talablar va javobgarlik

Regulyator tomonidan belgilangan asosiy qoidalar:

  • Reklama maydoni: Ogohlantirish matni grafik, video yoki audio reklamalarning kamida 10 foiz майдониниegallashi kerak.

  • Kredit shartnomalari: Ogohlantirish shartnomaning birinchi sahifasida joylashtirilib, uning kamida 30 foiz майдониni tashkil etishi lozim.

  • Sanksiyalar va nazorat: Mijozlarni chalg‘ituvchi kredit mahsulotlari uchun banklarga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llaniladi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar fuqarolarning ortiqcha qarzdorlik yukini kamaytirish va mas’uliyatli kreditlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish