O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyatO‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladiJamiyatYangi Toshkentda renovatsiya ishtirokchilariga avvalgisidan 50 foiz katta kvartiralar beriladiJamiyat

Toshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindi

Toshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindi

Toshkentdagi Qorasuv kanalida Nil timsohi aniqlanib, xavfsiz tarzda tutib olindi. Sudralib yuruvchi reabilitatsiya uchun poytaxt hayvonot bog‘iga topshirildi, uning suvga qanday tushib qolgani o‘rganilmoqda.

Toshkent shahridagi Qorasuv kanalida Nil timsohi aniqlandi va tutib olindi. Shahar suv havzasida yirtqich paydo bo‘lgani haqidagi ma’lumotni Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi rasman tasdiqladi.

Voqea joyiga ekologiya idorasi mutaxassislari hamda Toshkent hayvonot bog‘i xodimlari yetib borgan. Timsoh suvdan xavfsiz tarzda olib chiqilib, ko‘rikdan o‘tkazish va reabilitatsiya qilish uchun hayvonot bog‘iga topshirildi. Hozirda mas’ullar jonivorning shahar kanaliga qanday tushib qolgani va uni kim qo‘yib yuborgan bo‘lishi mumkinligini aniqlamoqda.

Ekologiya qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qaroriga muvofiq O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni (jumladan, timsohlarning barcha turlarini) tutqunlikda, yarim erkin sharoitlarda yoki sun’iy yashash muhitida saqlash, shuningdek, ulardan sirk tomoshalarida foydalanish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘tdi.

Izohlar

    Izoh qoldirish