O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyatO‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladiJamiyatYangi Toshkentda renovatsiya ishtirokchilariga avvalgisidan 50 foiz katta kvartiralar beriladiJamiyat

Toshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandi

Toshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandi

O‘zbekiston Bosh prokurorining buyruqlari bilan poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Olmazor,Yashnobod, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va Mirobod tumanlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyruqlari bilan Toshkent shahrining sakkizta tumanida prokuratura rahbarlari yangilandi. Tayinlangan barcha prokurorlar adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.

Yangi tayinlovlar ro‘yxati

  • Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori etib Yahyo Abdug‘aniyevich Abdurahmonov tayinlandi. U bungacha Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlagan.

  • Yakkasaroy tumani prokurori lavozimini Ahror G‘aniyevich Axunov egalladi. U avval Olmazor tumani prokuraturasiga rahbarlik qilgan.

  • Olmazor tumani prokurori etib Abdurahim Akramjon o‘g‘li Muhiddinov tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuraturaning yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

  • Yashnobod tumani prokurori lavozimiga Oybek Rajabboy o‘g‘li Shamuratov tayinlandi. U bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

  • Chilonzor tumani prokurori etib Sarvar To‘xtamurodovich Bazarov tayinlandi. U avval Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

  • Yunusobod tumani prokurori lavozimini Ibrohim Asatovich Rasulov egalladi. U tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan.

  • Sergeli tumani prokurori etib Sirojiddin Bo‘riyevich Fayziyev tayinlandi. U bungacha Qashqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Mirobod tumani prokurori lavozimiga Qobiljon No‘monovich Ahmadjonov tayinlandi. U avval Namangan viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar

    Izoh qoldirish