O‘zbekistonliklarga maosh olish uchun bank va hamyonni mustaqil tanlashga ruxsat berildiIqtisodiyotFiribgarlar to‘lov undirish maqsadida OAVlarining ijtimoiy tarmoqlariga ommaviy hujum boshladiJamiyatSamarqandda talaba qarzlari sabab tug‘ilgan o‘g‘lini sotdiJamiyatO‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldiIqtisodiyotAlisher Qodirov o‘zbek oilalari farzandlarini o‘zbek tilidagi bog‘cha va boshlang‘ich maktablarga berishni majburiy qilishni taklif etdiSiyosatToshkentning sakkizta tumaniga yangi prokurorlar tayinlandiJamiyatO‘zbekiston koloniyalarida OTMlarga imtihon topshirish va masofadan o‘qishga ruxsat beriladiJamiyatToshkentdagi shahar kanalidan Nil timsohi tutib olindiJamiyatO‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladiJamiyatYangi Toshkentda renovatsiya ishtirokchilariga avvalgisidan 50 foiz katta kvartiralar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladi

O‘zbekistonda bepul dorilar ro‘yxati 69 tagacha kengaytiriladi

2027–2031-yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlashni isloh qilish dasturida dorixonalardagi bepul dorilar ro‘yxatini 28 tadan 69 taga oshirish, my.gov.uz’da elektron polislar joriy etish va sohani moliyalashtirishni YAIMning 5 foizigacha yetkazish belgilandi.

O‘zbekistonda 2027–2031-yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning besh yillik dasturi tasdiqlandi.Hujjatda aholi uchun bepul dori-darmonlar ro‘yxatini kengaytirish, davlat tibbiy sug‘urtasiga to‘liq o‘tish va sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish ko‘zda tutilgan.

Elektron polislar va bepul dori-darmonlar

2031-yilgacha mamlakatdagi uy xo‘jaliklarining 100 foizi davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan qamrab olinadi. 2027–2030-yillarda bemorlar uchun bir qator raqamli va ijtimoiy qulayliklar joriy etiladi:

  • Reimbursatsiya dasturini kengaytirish: kafolatlangan paket doirasida dorixonalardan elektron retsept asosida bepul olish mumkin bo‘lgan dorilar ro‘yxati ikki barobardan ko‘proqqa — 28 tadan 69 tagacha oshiriladi.

  • my.gov.uz’da raqamli polis: har bir fuqaroning shaxsiy kabinetida elektron tibbiy polis paydo bo‘lib, unda sug‘urta maqomi hamda kafolatlangan bepul xizmatlar va dorilar ro‘yxati ko‘rinib turadi. Tayinlangan muolaja va dorilar haqida SMS-xabarnomalar yuboriladi.

  • Dializga borish xarajatlarini qoplash: 2026-yil dekabr oyigacha Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi rejali ambulator gemodializ oluvchi bemorlarning shifoxonaga borish-kelish yo‘l xarajatlarini ijtimoiy karta orqali qoplab berish mexanizmini kiritadi.

Moliyalashtirish va profilaktika modeli

Tibbiyotga yo‘naltiriladigan davlat xarajatlari bosqichma-bosqich — 2027-yildagi YAIMning 3,2 foizidan 2031-yilga kelib 5,0 foizigacha oshiriladi (2028-yilda 3,7%, 2029-yilda 4,1% va 2030-yilda 4,6%).

Shu bilan birga, tizim profilaktika modeliga o‘tkaziladi. 2027-yil yanvariga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlaydi:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda oilaviy shifokorlar ulushini 70 foizga yetkazish;

  • har bir fuqaro uchun yoshi, jinsi va xavf omillaridan kelib chiqib individual tibbiy ko‘riklar rejasini shakllantiruvchi «Aqlli salomatlik xaritasi» dasturini ishga tushirish.

Shifokorlarga qo‘yiladigan yangi talablar

Islohot tibbiyot xodimlarini tayyorlash va amaliyotga ruxsat berish tartibini ham qamrab oladi:

  • tibbiyot oliygohlarining o‘quv dasturlari Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) standartlariga moslashtiriladi;

  • 2030-yilga kelib barcha shifokor va farmatsevtlar uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi bilan 100 foiz qamrab olinadi;

  • tibbiy va farmatsevtik faoliyatga ruxsat berish uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tartibi joriy etiladi, maxsus imtihonlarni muddatidan oldin topshirgan xodimlarga esa oylik maoshiga ustamalar to‘lanadi.

Izohlar

    Izoh qoldirish