So‘nggi:
Toshkentdagi YTHda halok bo‘lgan 29 yoshli YHXB motoguruhi komandiri Qo‘qonda dafn etildiJamiyatJismoniy shaxslarga yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyoz olishning elektron tartibi joriy etildiIqtisodiyotRossiyadagi Wildberries omborlariga dronlar orqali shiddatli hujum uyushtirildiDunyoToshkentda so‘nggi 28 yildagi eng yuqori issiqlik ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinJamiyatRustam Jo‘rayev Prezident davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandiSiyosatIssiq sababli Toshkent shahri va viloyatida 8 mingdan ortiq iste’molchi chiroqsiz qoldiJamiyatAnomal issiq kunlarda tez yordamga kelib tushgan chaqiriqlar soni ochiqlandiJamiyatDunyoga mashhur reper Kanye Vest Olmaotada konsert beradiDunyoRossiyada migrantlarga smartfon sotib olish majburiyati yuklanishi mumkinDunyoO‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdiSport

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun avtomobillar musodara qilinishi mumkin

O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun avtomobillar musodara qilinishi mumkin

YXHXB yo‘llardagi avariyalarni kamaytirish bo‘yicha prezidentga yangi takliflarni kiritdi. Mast haydovchilarga 15 sutkagacha qamoq, avtomobillar musodara qilinishi va jarima chegirmalarini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda yo‘llarda halokatlar soni ortib borayotgani sababli Yo‘l harakati qoidalarini (YHQ) buzganlik uchun jazo choralari keskinlashtirilishi kutilmoqda. Idoralararo ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va Prezidentga taqdim etilgan takliflarga ko‘ra, mamlakatda qoidabuzarlarning transport vositalarini musodara qilish amaliyoti joriy etilishi mumkin.

Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yoki undan mahrum etilgan shaxslar tomonidan “yo‘l bezoriligi” (tajovuzkor haydash) sodir etilsa, avtomobilni yakuniy musodara qilish choralari qo‘llaniladi.

Shuningdek, YHQni 5 turdagi eng qo‘pol ravishda buzish holatlari uchun mashinani vaqtincha ushlab turish jazosi joriy etiladi. Rulni voyaga yetmaganlarga topshirganlik hamda ko‘chalarda noqonuniy poygalar (stritreysing) uyushtirganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Mast holatda mashina boshqarganlik uchun esa 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi ko‘rib chiqilmoqda. Yana bir muhim o‘zgarish — YHQni qo‘pol ravishda buzgan shaxslar bir yil davomida jarimalarni chegirma bilan (shoshilinch tartibda arzonlashtirilgan narxda) to‘lash huquqidan mahrum qilinadi.

YXHXB ushbu qat’iy choralar yo‘llarda o‘lim holatlari bilan bog‘liq og‘ir avariyalarning oldini olishga qaratilganini ta’kidlamoqda.