So‘nggi:
Farg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosatUrgut tumani prokurori o‘rinbosari poraxo‘rlik ustida ushlanib, qamoqqa olindiJamiyat

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga jami 4,6 mln dollar atrofida mablag‘ sarflandi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga jami 4,6 mln dollar atrofida mablag‘ sarflandi

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish xarajatlari har bir kishi uchun 1440 so‘mdan to‘g‘ri keldi. Raqamlashtirish hisobiga umumiy xarajatlar 4,6 mln dollarni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasining o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, respublika bo‘yicha o‘rtacha hisobda bir nafar fuqaroni ro‘yxatga olish uchun atigi 1,44 ming so‘m yoki 0,12 AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan. Qo‘mita mutasaddilari xarajatlarning bunday past va tejamkor ko‘rsatkichda bo‘lganini tashkiliy ishlarning to‘g‘ri rejalashtirilgani, ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechilgani hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan unumli foydalanilgani bilan izohlashdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari mamlakat doimiy aholisining 97,3% ini qamrab olganini hisobga olgan holda, umumiy sarf-xarajatlar miqdori ekspertlar tomonidan 4,6 million dollar atrofida baholanmoqda.

Bu ko‘rsatkich xalqaro demografik amaliyotda eng arzon va samarali tajribalardan biri sifatida qayd etilmoqda, chunki dunyoning boshqa ko‘plab davlatlarida bir kishini ro‘yxatdan o‘tkazish bahosi bir necha dollardan to‘g‘ri keladi. Eslatib o‘tamiz, o‘tkazilgan ushbu yalpi ro‘yxatga olish tadbirlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni rasman 39 million 47 ming nafardan oshganligi e’lon qilgan edi.