Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda aholi yarim yilda go‘zallik salonlariga 7 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

O‘zbekistonda aholi yarim yilda go‘zallik salonlariga 7 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarmida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 7,03 trln so‘mga yetdi. Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yetakchilik qilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7,03 trillion so‘mni tashkil etdi.

Aholi tomonidan soha xizmatlariga eng ko‘p mablag‘ sarflangan hududlar:

  • Toshkent shahri — 1,2 trln so‘m;

  • Farg‘ona viloyati — 986,7 mlrd so‘m;

  • Samarqand viloyati — 838,7 mlrd so‘m;

  • Namangan viloyati — 745,5 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyati — 729,2 mlrd so‘m.

Boshqa hududlarda ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlandi: Andijon viloyatida 461,4 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 440,1 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 342,3 mlrd so‘m hamda Xorazm viloyatida 340,4 mlrd so‘m xizmatlar ko‘rsatilgan.

Eng kam xarajat qilingan hududlar

Aholining ushbu sohadagi xarajatlari nisbatan kamroq qayd etilgan hududlar sırasiga Buxoro (240,7 mlrd so‘m), Surxondaryo (234,7 mlrd so‘m) va Navoiy (220,9 mlrd so‘m) viloyatlari kirdi.

Raqamlarga ko‘ra, eng kam mablag‘ Jizzax (148,1 mlrd so‘m) va Sirdaryo (100,6 mlrd so‘m) viloyatlarida sartaroshxona hamda go‘zallik salonlari xizmatlariga sarflangan.