So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

O‘zbekistonda 1-avgustdan baliqchilik subyektlariga bir qator yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda 1-avgustdan baliqchilik subyektlariga bir qator yangi imtiyozlar beriladi

O‘zbekistonda baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun keskin burilish. 1-avgustdan boshlab kredit foizlarini qoplash, nasldor baliq importi va chet ellik ixtiologlar oyligini subsidiyalashning yangi tizimi joriy etiladi.

Bu borada Prezidentning “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan 2030-yil 31-avgustga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan barqarorlik reytingidagi toifasidan qat’i nazar baliqchilik korxonalariga quyidagi yordamlar ko‘rsatiladi:

  • Milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha: asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;

  • Xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha: 8 foiz banddan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi qoplanadi;

  • Kafillik: kredit hajmining 50 foizigacha (10 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda) kafillik beriladi.

Tijorat banklari xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan baliqchilik korxonalariga aylanma mablag‘lar uchun yillik 18 foiz stavkada, 9 oygacha imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratadi. Intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarni muqobil energiya manbalariga o‘tkazish uchun quyosh panellari xaridiga ajratilgan kredit foizlarining bir qismi qoplanadi. Quvvati 50 kilovattgacha bo‘lgan panellarni o‘rnatish xarajatlarining 12 foizi (har bir kilovattga 1 mln so‘mdan oshmagan miqdorda) subsidiya sifatida qaytariladi.

Farmon bilan sohaga ilg‘or texnologiyalarni olib kirish rag‘batlantirilmoqda:

  • Bir dona nasldor ona baliqni import qilish xarajatlarining 50 foizigacha (5 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan) qismi subsidiya qilinadi;

  • Yopiq suv aylanma tizimi (UZT) texnologiyasini o‘rnatish xarajatlarining 10 foizi (5 mlrd so‘mgacha) bir martalik kompensatsiya qilinadi;

  • Yillik quvvati 20 ming tonnadan kam bo‘lmagan omixta yem zavodlari uskunalari xaridining 20 foizi (2 mlrd so‘mgacha) qoplab beriladi.

Bundan tashqari, xorijdan keladigan malakali ixtiolog va baliq kasalliklari mutaxassislarining oylik ish haqi xarajatlarining yarmi (bir mutaxassis uchun oyiga 1 000 AQSH dollari ekvivalentigacha) davlat tomonidan to‘lab beriladi. Tarmoqni kengaytirish maqsadida respublika bo‘yicha 329 ta suv obyekti onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi belgilangan.