Qo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyatToshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindiJamiyatToshkentda tez yordamga yo‘l bermagan BYD haydovchisining mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildiJamiyatO‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyo

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘ofurov vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni, taniqli yozuvchi, adabiyotshunos olim va atoqli tarjimon Ibrohim G‘ofurov 88 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

O‘zbekiston Qahramoni, taniqli yozuvchi, adabiyotshunos olim va mislsiz badiiy tarjimalar muallifi Ibrohim G‘ofurov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ma’lum qilib, marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Ibrohim G‘ofurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1961-yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining (O‘zMu) filologiya fakultetini tamomlagan.

U o‘z mehnat faoliyatini Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrirlikdan boshlagan. Turli yillarda “O‘zbekiston adabiyot va sanʼati” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” gazetasi bosh muharriri lavozimlarida xizmat qildi.

Ibrohim G‘ofurov nafaqat ijodkor, balki taniqli jamoat arbobi ham edi. U 1995-yilda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini tashkil etish tashabbuskori bo‘lgan va uzoq yillar unga raislik qilgan. 1996–2005-yillarda Oliy Majlis deputati etib saylanib, parlamentning matbuot va axborot qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.

Ibrohim G‘ofurov o‘zbek adabiyotida badiiy tarjima maktabini mutlaqo yangi, yuksak bosqichga olib chiqqan ulkan ijodkor hisoblanadi. U jahon adabiyotining eng murakkab va shoh asarlarini o‘zbek kitobxoniga ona tilida yetkazib berdi. Marhum adib tomonidan o‘girilgan asarlar sirasiga quyidagilar kiradi:

  • Fyodor Dostoyevskiy: “Jinoyat va jazo”, “Telba”, “Qimorboz”, “Iblislar”;

  • Ernst Xeminguey: “Chol va dengiz”, “Alvido, qurol”;

  • Chingiz Aytmatov: “Qiyomat”, “Chingizxonning oq buluti”;

  • Jeyms Joys: “Uliss” romani;

  • Gi de Mopassan hamda Gabriel Garsia Markes asarlari.

Shuningdek, olimning “Go‘zallikning olmos qirralari”, “Joziba”, “Yonar so‘z”, “Yurak-alanga” kabi qator adabiy-tanqidiy va publitsistik kitoblari, badiu-mansuralari o‘zbek adabiyoti xazinasidan munosib o‘rin olgan.

Ijodkorning davlat ва jamiyat oldidagi ko‘p yillik sermahsul xizmatlari munosib qadrlanib, у “Do‘stlik” (1995) ҳамда “Mehnat shuhrati” (2007) ordenlari bilan taqdirlangan. 2017-yilda унга “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” unvoni, 2021-yilda esa mamlakatning oliy mukofoti — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va «Oltin Yulduz» medali berilgan edi.