O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

O‘zbekiston JCh pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlash uchun DR Kongoni yirik hisobda yutishi shart

O‘zbekiston JCh pley-offiga chiqish imkoniyatini saqlash uchun DR Kongoni yirik hisobda yutishi shart

Ekvador terma jamoasining E guruhida Germaniya ustidan 2:1 hisobida qozongan g‘alabasidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada yomonlashdi.

Ushbu g‘alaba evaziga 4 ochko jamg‘argan Ekvador o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi jamoalar reytingida yuqoriga ko‘tarildi, bu esa 1/16 final yo‘llanmalari uchun kurashni yanada keskinlashtirdi. Amaldagi reglamentga ko‘ra, har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni band etganlar orasidagi eng yaxshi 8 ta telerma jamoa pley-offga yo‘l oladi.

Kolumbiya va Portugaliyadan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin biror ochko ishlay olmagan O‘zbekiston K guruhida dastlabki ikki o‘rindan birini qo‘lga kiritish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi. Endilikda Fabio Kannavaro shogirdlari oldida faqat bitta yo‘l qoldi — so‘nggi turda DR Kongo terma jamoasini mag‘lub etish va boshqa guruhlardagi natijalarni kutish. Mavjud vaziyatdan kelib chiqilsa, eng yaxshi uchinchi o‘rinlar qatoriga kirish va to‘plar nisbatini yaxshilash uchun O‘zbekiston raqibini kamida to‘rtta gol farqi bilan yirik hisobda yutishi talab etiladi.

DR Kongo terma jamoasi ikki turdan keyin 1 ochkoga ega bo‘lib turibdi: ular Portugaliya bilan durang o‘ynab, Kolumbiyaga imkoniyatni boy bergan. Mazkur bahs oldidan kongo`liklar bosh murabbiyi Sebastyen Desabr jamoasiga durang natija yetarli bo‘lmasligini va Kolumbiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin tavakkal qilishga majburligini ma’lum qildi. O‘zbekiston hamda DR Kongo o‘rtasidagi taqdirni hal qiluvchi o‘yin 28-iyun kuni Atlantada bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tonggi soat 04:30 da start oladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish