Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekiston aholisi va biznesining banklardan qarzdorligi 628,9 trillion so‘mga yetdi

O‘zbekiston aholisi va biznesining banklardan qarzdorligi 628,9 trillion so‘mga yetdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil ichida kreditlar hajmi 11,2 foizga oshgan. Eng ko‘p qarz poytaxt Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston aholisi va tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari oldidagi umumiy qarzdorlik hajmi 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra 628,9 trillion so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank taqdim etgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi jami kredit qo‘yilmalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63,4 trillion so‘mga yoki 11,2 foizga ko‘paygan. Jami qarzning asosiy qismi, ya’ni 398,2 trillion so‘mi tadbirkorlar hissasiga, qolgan 230,8 trillion so‘mi esa aholi ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Jismoniy shaxslarning qarzdorligi bir yil ichida 40 trillion so‘mdan ziyodroqqa oshgan.

Kreditlarning banklar kesimidagi taqsimotiga ko‘ra, 417,2 trillion so‘mlik mablag‘lar davlat banklari tomonidan, 211,7 trillion so‘mi esa xususiy banklar tomonidan ajratilgan. Hududlar bo‘yicha Toshkent shahri mutloq yetakchilik qilmoqda — poytaxtdagi umumiy kredit qarzdorligi 290 trillion so‘mdan oshib, butun respublika ko‘rsatkichining qariyb 46 foizini tashkil etdi. Ushbu summaning 221,2 trillion so‘mi poytaxtlik tadbirkorlar, 68,7 trillion so‘mi esa shahar aholisi tomonidan olingan.

Aholiga ajratilgan qarz turlari bo‘yicha eng katta ulushni hamon ipoteka kreditlari egallab turibdi — 83,8 trillion so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni mikrokreditlar va mikroqarzlar band etgan bo‘lib, ularning hajmi mos ravishda 50 trillion va 44,3 trillion so‘mga yetgan. Avtokreditlar yo‘nalishida aholi banklardan 39,6 trillion so‘m qarzdor. Shuningdek, ta’lim kreditlari ulushi 6,9 trillion so‘mni, iste’mol kreditlari hajmi esa 515 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish