O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatilgan obyektlar soni 145 mingdan oshdi, ularning umumiy quvvati esa 2 100 MVtdan yuqori. 2026-yilning birinchi choragida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga oshdi.
Bozor kengaygani sari, quyosh stansiyasiga 15–20 mln so‘m sarmoya kiritgan, biroq uskunasini noqulay ob-havo, o‘g‘irlik yoki kuchlanish sakrashlaridan himoya qilmagan mulkdorlar soni ham ortmoqda. Ishlab chiqaruvchi kafolati esa, odatda, faqat zavod nuqsonlarini qoplaydi.
«Odamlar elektr tarmog‘iga qaramlikni kamaytirish uchun quyosh stansiyasiga sarmoya kiritadi, ammo yangi xavflar — ob-havo va tashqi omillarga bog‘liqlikni unutib qo‘yadi. Tizimni qayta tiklash amalda uni yana bir bor sotib olish bilan barobar», — deya ta’kidlashadi «EUROASIA Insurance» kompaniyasida.
Quyosh panellari ko‘pincha kuchli shamol va do‘l, kuchlanishning keskin o‘zgarishi hamda chaqmoq urishi oqibatida shikastlanadi. Bunday holatlar, ayniqsa, invertorga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, uskunalar bino tashqarisida va ko‘zga ko‘rinadigan joyda o‘rnatilgani sababli o‘g‘irlik xavfi ham mavjud.
«EUROASIA Insurance» 12 turdagi xavfni yagona sug‘urta summasi doirasida qoplaydigan polisni taklif etadi. Sug‘urta himoyasiga quyosh panellari, invertor, akkumulyator, kabellar va mahkamlash moslamalari kiradi. Raqobatchilarda esa, odatda, 4–5 turdagi xavf qoplanadi va ular orasida zilzila, ko‘chki hamda o‘g‘irlik xavfi bo‘lmasligi mumkin.
Shartlar bo‘yicha, sug‘urta mukofoti uskunalar qiymatining yiliga 1,5 foizini tashkil etadi. Masalan, qiymati 20 mln so‘m bo‘lgan tizim uchun polis narxi 300 000 so‘mni tashkil qiladi. Franshiza muddati — 7 kun, sug‘urta to‘lovi 15 bank kuni ichida amalga oshiriladi. Polisni onlayn rasmiylashtirish mumkin, shu jumladan avval o‘rnatilgan quyosh panellari uchun ham.
Polis 1 yil muddatga rasmiylashtiriladi va uni uzaytirish mumkin. Sug‘urta hodisasi yuz berganda kompaniyaga 72 soat ichida xabar berish, 5 ish kuni ichida yozma ariza taqdim etish hamda shikastlanishlarni foto yoki video orqali qayd etish lozim. Shundan so‘ng kompaniya davlat organlari ma’lumotnomalari va baholovchi hisoboti asosida sug‘urta dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Agar polisga ehtiyoj qolmasa, shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda qolgan davr uchun sug‘urta mukofotining bir qismi 10 foizlik xarajatlar chegirib qolingan holda qaytariladi.
«EUROASIA Insurance» bilan bog‘lanish va polisni rasmiylashtirish
Polisni eai.uz rasmiy sayti yoki App Store va Google Play platformalaridagi mobil ilova orqali onlayn rasmiylashtirishingiz va bir yil davomida turli xavflardan ishonchli himoyaga ega bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, ma’lumotlarni Instagram’dagi @eai.uz sahifasi yoki 1147 koll-markaz raqami orqali olish imkoniyati mavjud.




