So‘nggi:
O‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyatXorazmda barcha davlat bog‘chalari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladiJamiyatAbituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandiJamiyatEkologiya qo‘mitasi daraxtlar issiqdan qurib qolishiga befarq bo‘lmaslikka chaqirdiJamiyatToshkent va Bekobod o‘rtasida yangi elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yildiJamiyatO‘zbekistonda bog‘chalar anomal issiq sabab vaqtincha yopilishi mumkinJamiyatShavkat Mirziyoyev “O‘zmetkombinat”ning yangi majmuasini ishga tushirdiIqtisodiyotShavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdiSiyosat

Nika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildi

Nika Pharm dorilar reklamasida Amir Temur obrazidan foydalangani uchun jarimaga tortildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Rinoksil Formula+ dori vositasining axloqsiz reklamasi uchun Nika Pharm kompaniyasini jazoladi. Reklamada tarixiy shaxslar dorini tavsiya qilgan.

Reklama materiallarida dunyoga mashhur tarixiy shaxslar — Amir Temur, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Jorj Vashington, Yuliy Sezar va Napoleon Bonapart obrazlaridan foydalanilib, ular go‘yoki ushbu dorini qabul qilgani haqida asossiz iddaolar ilgari surilgan.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida keskin e’tirozlar va salbiy reaksiyani keltirib chiqardi. Qo‘mita bayonotida ta’kidlanishicha, buyuk tarixiy shaxslar xotirasiga hurmat ko‘rsatish milliy madaniyat va an’analarning ajralmas qismidir, ularning qiyofasini tijoriy dori-darmonlar reklamasiga olib kirish esa odob-axloq qoidalariga mutloqo ziddir. “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga binoan, qonunchilik hujjatlarida umumiy axloq, milliy va oilaviy qadriyatlarga zid keluvchi obrazlardan foydalanish taqiqlanadi. Shu sababli, kompaniyaga nisbatan pul jarimasi qo‘llanildi va videolarni zudlik bilan tarmoqdan o‘chirish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu ishlab chiqaruvchi birinchi marta qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yayotgani yo‘q. 2025-yilning sentyabr oyida ham Nika Pharm kompaniyasi “Forsil – og‘riq izsiz yo‘qoladi” degan shior ostida dori vositasini reklama qilgani uchun javobgarlikka tortilgan edi. O‘shanda nazorat organi retseptsiz beriladigan dorilar reklamasida uning shifobaxsh ta’sirini kafolatlovchi gap-so‘zlardan foydalanish qonunan taqiqlanishini eslatib o‘tgan edi.