Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixonaJamiyatOlmaota — Toshkent poyezdida «Ayollar vagoni» yo‘lga qo‘yiladiJamiyatPrezident Mustaqillik bayrami arafasida 852 nafar mahkumni afv etdiJamiyatToshkent oliygohlarida darslar soat 08:00 dan boshlanadiJamiyatMuzlik daryoga ko‘chdi: Nepal va Tibetda yuzlab odamlar sel oqimi ostida qoldiDunyoO‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdiIqtisodiyotO‘zbekistonda davlat bog‘chalaridagi to‘lovlari oshirildiJamiyatoshkentda Zeekr 001 elektromobili yonib ketdiJamiyatEnergetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdiJamiyatO‘zbekiston bo‘yicha dam olish kunlari ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyat

Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixona

Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q — elchixona

Nepaldagi suv toshqinlarida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q. O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi vaziyatni nazorat qilmoqda.

Nepal va Tibet chegarasida yuz bergan halokatli suv toshqinlari ile loy ko‘chkilari oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas. Bu haqda O‘zbekistonning Dehlidagi (bir vaqtning o‘zida Nepalda ham faoliyat yurituvchi) elchixonasi ma’lumotiga tayanib «Dunyo» AA xabar berdi. Diplomatik vakolatxona mahalliy idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Tabiiy ofat 26-avgust kuni Bxote-Koshi daryosida, taxminan 4,4 magnitudali zilzila va uning ortidan kelib chiqqan ko‘chki daryo o‘zanini to‘sib qo‘yishi sababli boshlangani aytilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nepaldagi toshqinlar va vayronagarchiliklar oqibatida kamida 165 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Nepal va Tibet hududida 1,5 mingga yaqin kishi, jumladan, 700 dan ortiq xorijlik sayyoh hamda ziyoratchilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Hududda 5 mingdan ziyod harbiy va politsiya xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb etilgan. Qutqaruv operatsiyasiga tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘irlar hamda takroriy ko‘chki xavfi jiddiy xalaqit bermoqda.