O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Sergelida sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli tuman” loyihasi ishga tushirildi

Sergelida sun’iy intellekt asosidagi “Aqlli tuman” loyihasi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumani hokimligidagi vaziyatlar markazi va “Aqlli tuman” platformasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu yangi raqamli tizim poytaxtning barcha tumanlarida joriy etiladi.

Hokimlik binosida tuman idoralarining “yagona darcha” tamoyili asosidagi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yerda hokimlikdan tashqari yana 5 ta tashkilot aholi va tadbirkorlarga 30 dan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Xususan, Ichki ishlar vazirligining onlayn qurilmasi orqali fuqarolar navbatchi inspektor bilan videoaloqa orqali bog‘lanishi, murojaat avtomatik ro‘yxatga olinishi va xizmat sifatiga baho berilishi yo‘lga qo‘yildi. Davlat rahbari bunday uskunalarni bozorlar va gavjum maskanlarda ko‘paytirishni topshirdi.

Tumanda sun’iy intellekt tahliliga asoslangan, muammolarni tezkor aniqlash va hal etishga xizmat qiluvchi “Aqlli tuman” platformasi hamda zamonaviy vaziyatlar markazi tashkil etildi. Markazda 17 ta idoraviy axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilingan bo‘lib, tumandagi barcha 46 ta mahalla va 25 ta maktab bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensaloqa o‘rnatilgan. Tizim tarkibidan quyidagi muhim loyihalar o‘rin olgan:

  • “Xavfsiz tuman” — huquqbuzarliklarni monitoring qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash;

  • “Tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi” — sun’iy intellekt yordamida soliq tushumlarini prognoz qilish va yig‘iluvchanlikni oshirish;

  • “AI Davomat” tizimi — maktablarda sababsiz dars qoldirish holatlarini aniqlash va voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olish.

Prezident vaziyatlar markazi imkoniyatlarini yuqori baholab, ushbu yangi raqamli tizimni poytaxt Toshkentning qolgan barcha tumanlarida ham galdagi bosqichda joriy etish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Shuningdek, tuman hokimligida poytaxtda ta’lim va qurilish sohalarini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqlarning yig‘iluvchanligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.