So‘nggi:
Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchiga tegajog‘lik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldiJamiyatO‘zbekiston yerosti boyliklarining umumiy qiymati 3 trln dollarga baholandiSiyosatPhD darajasiga ega kuryer talabalar o‘rniga imtihon topshirib, $3,1 mln ishladiDunyoToshkent investitsiya forumida O‘zbekiston rekord darajadagi $43,2 mlrdlik shartnomalar imzoladiJamiyatMigratsiya agentligi sobiq rahbari Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar oldiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati +42 darajagacha ko‘tariladiJamiyatMarkaziy bank taqchillik sabab futbolga bag‘ishlangan tangalar tirajini oshiradiJamiyatBaxtiyor Islomov O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etildiJamiyatTramp Si Szinpin va Putinga Eron urushida betaraf qolgani uchun minnatdorchilik bildirdiDunyoBAAda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlandiDunyo

Migratsiya agentligi sobiq rahbari Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar oldi

Migratsiya agentligi sobiq rahbari Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar oldi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Farg‘ona filiali sobiq mudiri yirik firibgarlikda gumonlanmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga hamda o‘qishga yuborish bilan bog‘liq bir qator yirik firibgarlik holatlari fosh etildi.

Noqonuniy sxemalar ortidan oson daromad ko‘rishni ko‘zlagan shaxslarning qilmishlari Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Buxoro viloyatda aniqlangan. Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng yirik qonunbuzarlik Farg‘onada kuzatildi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Farg‘ona viloyati filialining sobiq rahbari B.X. 8 nafar fuqaroni go‘yoki imtihonlardan o‘tkazib, Koreyaga yuborish evaziga 90 ming AQSH dollarinifiribgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan. Shuningdek, Farg‘ona tumanida migratsiya agentligidagi tanishlari orqali fuqaroni xorijga yubormoqchi bo‘lgan yana bir shaxs 10 ming dollardan 3 mingini qaytarayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida esa ikki shaxs 22 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan jami 34 ming 200 dollar va 79,3 mln so‘m pullarni qo‘lga kiritgan. Jizzax viloyatida muqaddam sudlangan shaxs 6 nafar fuqaroni Koreyaga jo‘natish va’dasi bilan 32 ming 250 dollarni, Gulistonda esa boshqa bir firibgar 6 kishidan 19 ming dollarni olgan.

Samarqand shahrida esa bir fuqaroni chet elga yuborish bahosi 12 ming 500 dollar etib belgilangan. Shunga o‘xshash holatlar G‘ijduvon va Forish tumanlarida ham aniqlangan bo‘lib, u yerda gumonlanuvchilar go‘yoki «yuqori lavozimdagi tanishlari» orqali ish bitirib berishni va’da qilishgan.