So‘nggi:
Shavkat Mirziyoyev xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi | O‘zbekistonliklar mart oyida go‘sht, sut va energiya resurslari narxi oshganini ko‘proq his qilishdi | Qoraqalpog‘istonda Besqala Mining Valley maxsus mayning zonasi tashkil etiladi | O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati pasayishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda | O‘zbekistonda yaratilgan o‘yin bir haftaga qolmay 1 million nusxada sotildi | Toshkentda to‘xtash joylarining yagona raqamli monitoring tizimi ishga tushirildi | Ruhiy xastaligi bor shaxslarni parvarishlovchi oilalarga davlat yordami kuchaytiriladi | Jamoat joylarida xavfli buyumlar olib yurish uchun javobgarlik belgilandi | Shavkat Mirziyoyev narkobiznesning moliyaviy arteriyalarini kesishni taklif qildi | O‘zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatining A guruhiga yo‘llanma oldi |

Isroilda samarqandlik migrant TikTok’dagi videosi sababli qo‘lga olindi

Isroilda samarqandlik migrant havo trevogasi paytida olingan videosi uchun ushlandi. U odamlarni masxara qilish va tartibni buzishda gumonlanmoqda.

Tarqalgan videolavhada erkak kishi havo trevogasi e’lon qilingan paytda bo‘sh ko‘chada turib, tojik tilida quyidagi so‘zlarni aytadi: «Mana, hech kim qolmadi, kalamushlar qochib ketishdi. Hech kim yo‘q».

Ushbu video Isroil internet segmentida tezda tarqalib ketdi. Ko‘p o‘tmay, mahalliy aholidan biri videodagi erkakni ko‘chada tanib qoladi va uning qayerdaligi haqida politsiyaga xabar beradi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakning ish joyiga yetib borib, uni qo‘lga olishgan va so‘roq qilish uchun mahkamaga olib ketishgan.

Dastlabki tergov davomida qo‘lga olingan shaxs o‘z so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil fuqarolarini haqorat qilish niyati bo‘lmagan. «Kalamushlar qochib ketdi» iborasini esa trevoga paytida uni ko‘chada yolg‘iz qoldirib, bombapanaga qochib ketgan o‘z tanishlariga qarata aytganini da’vo qilmoqda.

Biroq, bu vajlarga qaramay, politsiya tergovni davom ettirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab isroilliklar raketa hujumi ostida hayotini saqlab qolishga urinayotgan insonlarni masxara qilish qabul qilib bo‘lmas va axloqsiz holat ekanini ta’kidlashmoqda.

Hozirgi vaqtda politsiya videoda zo‘ravonlikka undash yoki dushmanlikni qo‘zg‘atish elementlari bor-yo‘qligini tekshirmoqda. Harbiy holat sharoitida bunday harakatlar Isroil huquq-tartibot organlari tomonidan alohida qat’iyat bilan ko‘rib chiqiladi.