So‘nggi:
O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyatSamarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandiJamiyatFarg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSSTJamiyatEkologiya qo‘mitasi fuqarolarni issiqda o‘simliklarni kunduzi sug‘ormaslikka chaqirdiJamiyatBelarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildiJamiyatDavlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildiJamiyatOlti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyot

Jismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindi

Jismoniy shaxslar uchun uch barobar miqdordagi yer solig‘i bekor qilindi

Soliq qo‘mitasi hujjatlarsiz yerlardan foydalanganlik uchun 2020–2024-yillar oralig‘ida hisoblangan 3 barobarli yer solig‘i bekor qilinganini ma’lum qildi. Qayta hisob-kitob qilinadi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun yer uchastkasidan huquqni belgilovchi hujjatlarsiz foydalanilganda yer solig‘ini uch barobar miqdorda hisoblash tartibi bekor qilindi. Ushbu yengillik 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyungacha bo‘lgan davr uchun amal qiladi. Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 15-iyunidagi O‘RQ-1153-sonli Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritilgan. Shunga ko‘ra, soliq organlari ko‘rsatilgan davr uchun ilgari oshirilgan stavkada hisoblangan soliqlarni qayta hisob-kitob qilib beradi.

Yangi qonun fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yer munosabatlaridagi boshqa qator tartiblarni ham nazarda tutadi. Unga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va ulardagi binolarga bo‘lgan huquqlarni tan olish jarayoni tezlashtiriladi hamda tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati qisqartiriladi. Shuningdek, huquqlarni tan olganlik uchun bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi va shartlari belgilanadi.

Bundan tashqari, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni tan olishga to‘sqinlik qiluvchi ayrim mexanizmlar soddalashtiriladi hamda ushbu jarayondagi qonunbuzarliklar bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqish tizimi takomillashtiriladi. Vakolatli tashkilotlarning mas’uliyati oshiriladi hamda fuqarolarga qulaylik yaratish uchun soliq qarzdorligining aniq tushunchalariga aniqlik kiritiladi.