O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Sirdaryoda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab konsultanti qamaldi

Sirdaryoda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab konsultanti qamaldi

Sirdaryo viloyatida jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi maktab konsultantiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi. U voyaga yetmagan qizga Telegram orqali shilqimlik qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida konsultant lavozimida ishlab kelgan xodimga nisbatan yuritilgan ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. “Bu kun” axborot dasturi reportajida ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismi (Shahvoniy shiaqlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, ushbu fuqaroga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bundan tashqari, sud Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga pedagogik xodimning xatti-harakatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida xususiy ajrim yubordi.

Surishtiruv va sud jarayonida aniqlanishicha, maktab xodimi o‘zi ishlayotgan muassasaning 16 yoshli o‘quvchi qiziga Telegram messenjeri orqali xabarlar yubora boshlagan. U dastlab qizga go‘yoki maktabning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritishda yordam berishi mumkinligini aytib, ish yuzasidan aloqaga chiqqan. Biroq ko‘p o‘tmay, konsultant o‘quvchi qizga tungi vaqtlarda shaxsiy va shahvoniy xarakterdagi xabarlarni yuborishga o‘tgan. Jabrlanuvchi qizning so‘zlariga ko‘ra, u avvaliga nima bo‘layotganini tushunmagan, xabarlar takrorlanavergach esa javob bermay qo‘ygan. Shundan so‘ng erkak qizga telefon qilib, uchrashish uchun ko‘chaga chiqishni taklif etgan va shu tariqa voyaga yetmagan shaxsga nisbatan shahvoniy shilqimlik harakatlarini sodir etgan.

Sud majlisida erkak o‘z aybiga iqror bo‘lmadi va taqdim etilgan dalillarni rad etishga urindi. U o‘quvchi qizga nisbatan hech qanday yomon niyati bo‘lmaganini, o‘zining ham uch nafar farzandi borligini aytib, xabarlardagi so‘zlari shunchaki “tushunmovchilik” ekanini da’vo qildi. Shunga qaramay, sud jarayonining yakuniy qismida u o‘quvchi qiz va uning oila a’zolaridan kechirim so‘radi. Sud taqdim etilgan ekspertiza va raqamli dalillarni yetarli deb hisoblab, qonuniy jazo chorasini belgiladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish