So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

Fransiya elchixonasi o‘zbekistonliklarni viza firibgarlaridan ogohlantirdi

Fransiya elchixonasi o‘zbekistonliklarni viza firibgarlaridan ogohlantirdi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi viza jarayonida vositachilarning noqonuniy xizmatlaridan foydalanmaslikka chaqirdi. Firibgarlik holatlari aniqlansa, jiddiy sanksiyalar qo‘llanadi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi viza olish istagida bo‘lgan fuqarolarni turli firibgarlik holatlaridan ogohlantiruvchi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Qayd etilishicha, alohida shaxslar yoki xususiy kompaniyalar tomonidan viza rasmiylashtirish tartib-taomillaridan moddiy manfaat yo‘lida foydalanishga urinishlar qat’iyan man etiladi. Diplomatik missiya ushbu yo‘nalishda muntazam nazorat tadbirlari o‘tkazilishini va qoidabuzarliklarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini ma’lum qildi.

Elchixona arizachilarga viza markazi (TLS) tomonidan rasman belgilanmagan to‘lovlarni amalga oshirmaslikni va safarlarni oldindan rejalashtirishni tavsiya qilmoqda. Agar tizimda bo‘sh joylar mavjud bo‘lmasa, vositachilarga murojaat qilmasdan, keyinroq qayta urinib ko‘rish lozimligi eslatilgan. Shuningdek, Fransiyada ta’lim olayotgan yoki o‘qishni tamomlagan o‘zbekistonlik talabalar hamda mutaxassislar viza arizalarini topshirishda ustuvor huquqqa ega ekani ta’kidlandi.

Chet elga viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari avval ham kuzatilgan. Xususan, bundan biroz vaqt ilgari Janubiy Koreyaga borishni rejalashtirgan 20 nafar o‘zbekistonlik fuqaro firibgarlar tuzog‘iga tushib, aldangani xabar qilingan edi va mazkur holat yuzasidan hozirda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.