So‘nggi:
O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyatSamarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandiJamiyatFarg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSSTJamiyatEkologiya qo‘mitasi fuqarolarni issiqda o‘simliklarni kunduzi sug‘ormaslikka chaqirdiJamiyatBelarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildiJamiyatDavlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildiJamiyatOlti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyot

Farg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

Farg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

Chegara demarkatsiyasi doirasida Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo qishloqlari Qirg‘izistonga o‘tdi. Buning badaliga O‘zbekiston teng maydonli yerlar oldi, shuningdek, yangi yo‘l uchun 236 ga yer almashildi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi Askat Alagozovning ma’lum qilishicha, ushbu aholi punktlarida asosan etnik qirg‘izlar istiqomat qiladi. Qishloqlarning 2,5 mingga yaqin aholisi yaqin orada ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ularga Qirg‘iziston fuqaroligi beriladi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston tomoni chegaradosh hududdan teng maydonli yer uchastkalarini qabul qilib oldi.

Farg‘ona viloyatining ikki qishlog‘i teng qiymatli yerlar evaziga Qirg‘iziston tarkibiga o‘tdi

Bundan tashqari, tomonlar Say hamda Tayan qishloqlari o‘rtasida yangi avtomobil yo‘lini barpo etish maqsadida umumiy maydoni 236 gektar bo‘lgan teng qiymatli yer maydonlarini ham o‘zaro almashishdi.

Shuning bilan birga, Qirg‘iziston hukumati hududiy almashuv bo‘yicha Qozog‘istonga ham taklif kiritgan. Toqmoq shahri yaqinidagi yo‘lning 800 metrlik qismini almashtirish orqali Olmati ko‘chasidan Kemin shahrigacha bo‘lgan masofada uzunligi qariyb 150 kilometrlik pullik avtomagistral qurish rejalashtirilmoqda.