Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Energetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdi

Energetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdi

Energetika vazirligi fuqarolarni gazdan voz kechib, elektr energiyasida isinishga chaqirdi. Fuqarolar isitish va ovqat pishirishni bosqichma-bosqich elektrga o‘tkazishi talab etiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida deputat Shokirjon Ahmedov Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Umid Mamadaminovga kuz-qish mavsumida Farg‘ona vodiysida gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bo‘lish-bo‘lmasligi hamda tayyorgarlik faqat qog‘ozda qolish-qolmasligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berdi.

Vazir o‘rinbosari tarmoqlarning qishga tayyorgarligi haqidagi savolga aniq javob bermasdan, tabiiy gazdan bosqichma-bosqich voz kechish siyosati olib borilayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqimiz gaz ta’minoti har yili ko‘paymasligini, aksincha qisqarib borishini to‘g‘ri tushunishi kerak, shu bois uylarni isitish yoki ovqat tayyorlash bo‘ladimi — barchasini asta-sekin elektr energiyasiga o‘tkazish asosiy maqsad hisoblanadi.

Bu bayonot mamlakatda gaz, neft va ko‘mir qazib olish hajmi kamayib borayotgan bir paytda yangramoqda. Avvalroq «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov yangi uylarni umuman gazsiz qurishni taklif qilgan, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev esa gaz tanqisligini ochiq tan olgan edi. Shu bilan birga, 2025-yil oxirida va’da qilingan elektr plitalari o‘rnatilgan uylar uchun imtiyozli tariflar tizimi amalda ishga tushmadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish