So‘nggi:
Olti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyat

Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmagan maktab yoshidagi qizning nomusiga tegishda gumonlanayotgan IIB xodimi ustidan jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Hozircha mudhish voqea aynan qaysi sanada sodir bo‘lganiga oid aqua tafsilotlar ochiqlanmagan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, gumonlanuvchi — Denov tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi bo‘lib ishlagan A.R. hisoblanadi. Undan ushbu qilmishlari fosh bo‘lgach, «sobiq» maqomi berilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan keng qamrovli tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, sobiq xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi og‘ir moddalari bilan ayblov xulosasi tuzilgan:

  • 118-modda 4-qismi — 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish (ushbu modda bo‘yicha 15 yildan 20 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin);

  • 129-modda 3-qismi — zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish;

  • 206-modda 1-qismi — hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov to‘liq tamomlanib, yakuniy hukm chiqarish va ko‘rib chiqish uchun tegishli sudlov organiga taqdim etilgan.

Tizimdagi ketma-ket mudhish holatlar Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyi boshida Andijon viloyatida ham xuddi shunday tizim xodimi bilan bog‘liq mudhish jinoyat fosh etilgan edi. Unda Andijon viloyat IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori (ijtimoiy xodimi) va ayni paytda sobiq taniqli bokschi S.B. 16 yoshga to‘lmagan qizni kvartiraga olib borib, jinsiy aloqa qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingandi.