So‘nggi:
MXDQ sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindiDunyoDam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindiJamiyatToshkentda avtobus yo‘lovchisi shahvoniy shilqimlik uchun qamaldiJamiyatToshkent aholisi issiq suvsiz qoladi: quvurlarda favqulodda sinovlar boshlanmoqdaJamiyatSanepidqo‘mita Toshkent bozorlarida 150 kg yaroqsiz qovunni savdodan oldiJamiyatO‘zbekistonda 85 yosh va undan katta bo‘lgan fuqarolar soni qariyb 169 ming nafarga yetdiJamiyatO‘zbekiston 2026-yilgi Global Passport Index reytingida 123-o‘rinni egalladiJamiyatVenesuelada zilzila qurbonlari soni 2000 dan oshgani sababli 7 kunlik motam e’lon qilindiDunyoShavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga joʻnab ketdiSiyosatPhuket aeroportida 26 kg dan ortiq kannabis olib ketayotgan ikki o‘zbekistonlik ushlandiJamiyat

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“O‘zgidromet” iyul oyining ilk dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini taqdim etdi. Shanba kuni ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilayotgan bo‘lsa, yakshanbadan boshlab havo harorati keskin ko‘tarilib, anomal issiq kunlar boshlanishi aytilmoqda.

Unga ko‘ra, shanba kuni respublikaning qator viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, yakshanba kunidan esa mamlakat hududlariga quruq va issiq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, 4-iyul, shanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlari, shuningdek, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 30–33 daraja, janubiy hududlarda esa 35–37 daraja atrofida saqlanib qoladi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi xavfi bor.

5-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik to‘xtaydi va jazirama issiq boshlanadi. Kunduzi havo harorati 34–37 darajagacha, janubda va cho‘l zonalarida esa 39 darajagacha ko‘tariladi. Sinoptiklarning ogohlantirishicha, 6-iyuldan e’tiboran anomal issiq yanada kuchayadi va iyul oyining birinchi o‘n kunligi oxiriga kelib havo harorati 37–40 darajaga, janubda esa 41–43 darajagacha yetadi.

Poytaxtda juma kuni kechqurun hamda shanba kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shanba va yakshanba kunlari kunduzi Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 31–33 daraja, yakshanba kuni esa 34–36 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.